Javob beramiz

Toʻlov va hisobot

Korxonada QQS hisob-kitobining 2-ilovasi 0411 va 0412-satrlari qanday toʻldiriladi? Yuqoridagi shartli misol bilan tushuntirib berishingizni soʻraymiz.


Sizda eksport har xil valyutada amalga oshirilganligi sababli, QQS hisoboti 2 ilovasining izoh qismida (jadvaldan pastda) koʻrsatilganday, 0411 va 0412 satrlar soʻmda toʻldiriladi.

NDS pri realizatsii nije sebestoimosti


Ha, tovarlar tannarxidan yoki tovarlar olingan narxdan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda soliq solish maqsadlari uchun soliq solinadigan baza tovarlarning tannarxidan yoki tovarlar olingan narxdan kelib chiqib belgilanadi. (2 abzats, 204- modda, SK).

QQS hisobotida QQS solinadigan va solinmaydigan tovarlarni aks ettirish


Agar QQS solinadigan va solinmaydigan tovarlar boʻyicha bitta hisobvaraq-faktura chiqarilgan boʻlsa, Reyestrning 6-ustunida QQSga tortilgan tovar summasi QQSsiz, 7-ustunida u boʻyicha QQS summasi koʻrsatiladi.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli mahsulotlarni realizatsiyasi boʻyicha qaysi stavkada YaST toʻlanadi?


Umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli mahsulotlarni sotish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi asosida alkogolli mahsulotlar sotishdan tushumga umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan 8 foizlik stavkada YaST solinadi.

QQS soligi solinmaydigan realizatsiya qilish oboroti buyicha kiruvchi KKS xisobotda aks ettirish


QQS ajratib koʻrsatilgan schyot-faktura va uni oʻrnini bosuvchi hujjatlarning hammasini, qanaqa oborotlarda ishlatilishidan qatiy nazar, QQS hisob-kitobining 4-ilovasida aks ettiring.

Tannarxidan past narxda sotishni QQS hisobotida aks ettirish


Tannarxidan past naxda sotilgan mahsulot boʻyicha ma’lumot QQS hisobotining 0103-satrida aks ettiriladi. Lekin ushbu qoida QQSdan ozod etilgan oborotlarga tadbiq etilmaydi.