Javob beramiz
Yer soligʻi
Korxona 2017-yil 1-2 chorak uchun yer soligidan 6-oylik imtiyoz olish, 2018-yil 0,5 foiz kamaytiruvchi koeffitsentlardan qanday foydalanishi mumkin?
Yangi tashkil etilgan korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab olti oy davomida yer soligʻining uch karrasini hisobga olmagan holda YaST toʻlash huquqiga egalar. Pasaytiruvchi koeffitsiyentlar faoliyat turi hamda joylashgan yeriga bogʻliq holda qoʻllaniladi.
1. Menga (jismoniy shaxsga) dam olish maskanini loyihalashtirish va qurish uchun ajratilgan yer maydoni boʻyicha yer soligʻini toʻlash qanday boʻladi, soliq boʻyicha imtiyozlar mavjud boʻlsa qanday hujjatlarni taqdim etishim kerak? 2. Kelgusida jismoniy shaxs sifatida tadbirkorlik faoliyatini yuritsam qanday soliqlarni toʻlash majburiyati paydo boʻladi?
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslar yer soligʻini yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkalarda toʻlaydilar. Kelgusida yuzaga keladigan soliq majburiyatlari faoliyat yuritadigan shaxsning qaysi tadbirkorlik sub’yektiga mansubligi va yuritiladigan faoliyat turiga bogʻliq.
1 gektardan ortiq yeri boʻlgan YaST toʻlovchi yer soligʻini toʻlaganida qanday buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi?
Hisoblab chiqarilgan yer soligʻi boʻyicha byudjetga qarzdorlik aks ettirilganida soliq summasi boshqa operatsion xarajatlar tarkibida davr xarajatlariga kiritiladi.
YaST toʻlovchi xususiy firma yer soligʻini (noqishloq) jami 14,8 ga maydondan hisoblaydimi yoki karyerga tegishli 10 ga yer maydoni yer soligʻidan ozod boʻlib, qolgan 4,8 ga yer maydoniga yer soligʻi hisoblab toʻlanadimi?
Umumiy yer maydoni 1 gektardan ortiq boʻlgan YaST toʻlovchilar yer soligʻini umumiy yer maydonidan, qonun hujjatlariga binoan soliq solinmaydigan yer maydonini chegirib tashlagan holda, hisoblaydilar.
1."Tekstil" MChJ joylashgan yer maydoni boʻyicha DSIga kanday tartibda yer soligi xisobotlarini topshiradi? 2. MChJning ustav fondiga kiritilgan yer uchastkasidan yer soligʻi kim tomonidan toʻlanishi lozim?
YaST toʻlovchilarining yer soligʻini hisoblab chiqish, toʻlash va hisobotlarni taqdim etish tartibi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan Nizom bilan belgilanadi.
Umumbelgilangan soliq toʻlovchi korxona ijaraga olingan bino uchun ham yer soligʻi toʻlaydimi?
Yoʻq, ijaraga oluvchi korxona ijaraga olingan binoning yer maydoni uchun yer soligʻini toʻlamaydi.
Agar yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi Qaror boʻlsa, ammo egalik qilish va foydalanish guvohnomasi boʻlmasa, yer soligʻi hisoblanadimi?
Yer soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan baza Hokimning yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilganidan keyingi oydan boshlab hisoblanadi.
Parrandachilik korxonalari yer soligʻidan ozod etilganmi?
Agar korxonaning asosiy faoliyat turi – naslli parrandachilik boʻlsa, ya’ni nasldor parrandalarni urchitish, takror koʻpaytirish, nasldor parrandalardan va tuxumlardan seleksiya maqsadlarida foydalanish boʻlsa, u holda korxona barcha soliqlardan, jumladan, yer soligʻidan ham 2021 yil 1 yanvarga qadar ozod etiladi.
Korxona Namangan shahrida 0,0045 ga yer maydoniga ega binoni ijaraga olgan. Yuridik shaxslarga 2016 yil uchun yer soligʻi Namangan shahri boʻyicha qanday stavkada belgilangan?
“Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 8-bandiga (03.03.2011 yildagi 2203-son) muvofiq yer soligʻini hisoblab chiqarishda mazkur joy va yer toifasi uchun belgilangan eng kam stavkalar qoʻllaniladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter