Javob beramiz
Umumiy masalalar
Import qilish tartibi qanday? Qanday hujjatlar va ruxsatnomalar rasmiylashtirish lozim boʻladi (toʻliq)? Transport xizmati qanday tartibda amalga oshirilishi lozim? Rahbarga borib kelishi uchun qanday hujjatlar kerak boʻladi? Qanday boj va soliqlar toʻlanadi hamda qay tartibda? Bu jarayonlar qanday buxgalteriya provodkalari bilan rasmiylashtiriladi?
Import qilish jarayonini shartli ravishda uchta bosqichga boʻlib koʻrsatish mumkin: 1 – import kontraktini tuzish, 2 – tovarni bojxonada rasmiylashtirish, 3 – toʻlovni amalga oshirish.
Tovarlarni erkin muomalaga chiqarish sanasini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun BYuDning qaysi grafasidagi sana olinadi?
Import qilingan tovar erkin muomala rejimida chiqarilgan sanadan keyin korxonada kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Ya’ni buxgalteriya xisobi uchun BYuDning 7-grafasida koʻrsatilgan sana asos qilib olinadi
Yuridik shaxs ERI kaliti orqali BYuD nusxasini qaysi elektron saytlardan olishi mumkin?
Bojxona yuk deklaratsiyasining elektron shakli haqidagi barcha ma’lumotlarni bojxona qoʻmitasining sayti va yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan olishish mumkin.
Xorijiy korxona nomidan ishonchli vakil sifatida harakat qilayotgan OʻzR fuqarosini roʻyxatga olish va soliq solish tartibi qanday? Import kontraktlarini roʻyxatga olish tartibi qanday?
OʻzR norezidentining shu norezident nomidan kontraktlar tuzish vakolatiga ega boʻlgan va undan muntazam foydalanuvchi shaxs orqali faoliyatni amalga oshirishi soliq qonunchiligida “doimiy muassasa” tushunchasiga kiritiladi. Faoliyatini DM orqali amalga oshiradigan norezidentlar soliq toʻlovchi sifatida DSIda hisobga qoʻyilishi lozim.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter