Javob beramiz
Narx shakllantirish
Tibbiy buyumlar retseptsiz berilgan taqdirda cheklangan savdo ustamalarini qoʻllamasdan sotishga haqlimizmi
Korxona 185-son VMQ va 489-son VMQga tegishli oʻzgartirish kiritilguncha retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar boʻyicha 28.01.2025 y. 13-son PFda koʻzda tutilgan oʻzgarishlardan foydalana olmaydi.
Tovarlarni sotishda savdo ustamasining chegarasi bormi
Ba’zi tovarlarlarga qoʻyiladigan savdo ustamasi miqdori qonunchilik tomonidan chegaralangan boʻlishi mumkin. Shunday ekan, savdo ustamasini qoʻyayotganingizda aynan nima sotayotganingizdan kelib chiqishingiz lozim.
Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishda ustama chegaralanganligi
MChJ kalkulyatsiyada barcha soliqlar va boshqa xarajatlarni koʻrsatsa, bundan mijozlarga xizmat koʻrsatish narxi miqdori koʻtarilib ketsa, MChJ rivojlanishi uchun qanday yoʻl tutishi mumkin, boshqa xarajatlarni qanchalik darajada kamaytirish mumkin? Boshqa xarajatlarda asosan nimalar koʻzda tutiladi?
Koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqabotga qodirlik darajasini ta’minlash va korxona faoliyati natijasida zarar koʻrishga yoʻl qoʻymaslik uchun faoliyatning moliyaviy modelini toʻgʻri tasavvur qilmoq lozim.
Non narxi qat’iy belgilab qoʻyilganmi? Nonning tannarxini kim chiqaradi va qaysi qonun hujjjatlari bilan tartibga solinadi?
Chorva mollarning qiymatini arzonlashtirish mumkinmi, ushbu jarayon kaysi konun xujjatlarga asosan amalga oshiriladi? Bu holatda buxgalteriyada ikki yoqlama yozuv qanday amalga oshiriladi? Jamiyatning soliq tizimida qanday oʻzgarishlar boʻladi? Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun ta’sischidan ruxsat olish lozimmi?
Tannarxga qoʻshiladigan xarajatlarning ayrim turini hisobga olmaslik yoki ularni qisman hisobga olish amaldagi normativ xujjatlarda koʻzda tutilmagan.
1. Dori – darmon vositalarini chakana savdoga chiqarish jarayonida qanday qonun hujjatlariga asoslangan holda ustama qoʻyish kerak? 2. Ishlab chiqarish korxonasi dori vositalarini ishlab chiqarish xizmatining qiymatini oʻzi hohlagancha qoʻyishi mumkinmi yoki erkin ravishda ustama miqdorini belgilashi mumkinmi?
Dori – darmon ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarilgan dori – darmonlarga ustama belgilash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanmagan.
Yagona soliq toʻlovchisi boʻlgan MChJ shaklidagi korxona "bajarilgan ishlar dalolatnomasi"da sotib olingan materiallar uchun toʻlangan QQSni qoplash uchun qurilish qiymatiga qoʻshimcha ravishda 1,17 koeffitsiyentini qoʻllashga haqlimi?
Siz koʻrsatgan koeffitsiyentning qoʻllanilishi qanchalik toʻgʻriligi sizning korxonangiz bajargan ishlar qanday manbalardan moliyalashtirilganligiga va ushbu koeffitsiyent buyurtmachi va sizning korxonangiz oʻrtasida tuzilgan pudrat shartnomasida koʻrsatilganligiga bogʻliq.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot kalkulyatsiyasida yagona soliq toʻlovini koʻrsatish mumkinmi?
Yagona soliq toʻlovini kalkulyatsiyada koʻrsatishda shuni hisobga olish kerakki, YaST xarajatlar hisobiga emas, balki foyda hisobiga toʻlanadi.
Xususiy korxona keng qamrovli iste’molchilar uchun poyabzal ishlab chiqaradi. Mahsulotga tayyor mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi ishlab chiqilgan (davlat buyurtmasi emas). Kalkulyatsiyaga oʻzgartirish kiritishga ruxsat olish uchun (xom ashyo turi va miqdori, xodimlar soni va ish haqi fondi kabi) va bu oʻzgarishni roʻyxatdan oʻtkazish uchun biron davlat organiga, masalan Uzdavstandartga murojaat qilish kerakmi?
Yoʻq, tuzilgan kalkulyatsiyani narxni boshqarish organlaridan tasdiqlatishingiz kerak emas. Sababi sizning korxonangiz tovarlariga narxlar davlat tomonidan tartibga solinadigan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar toifasiga kirmaydi.
Korxonamiz arendaga KAFE bergan. 2016 yilga 1 kv metr joy uchun toʻlanadigan minimal arenda summasi qancha?
Agar ijaraga berilayotgan joy umumiy ovqatlanish faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan boʻlsa, u holda 1 kv.m. uchun minimal yillik toʻlov Toshkent shahri uchun 14150 soʻm etib belgilangan.
1. Dorixona tashkilotlarida ustama summasi qanday aniqlanadi? 2. Tovarlarni realizatsiya qilishda siylov summasiga YaST solinadimi? 3. Binoni ijaraga berishdan olingan daromadga qanday soliqlar solinadi?
Dori-darmon vositalarining valyuta kursi farqi hisobga olingan shartnomaviy qiymati, bojxona toʻlovlari va tovarni sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlari summasi sifatida aniqlanadigan dori-darmon vositalarining xarid qilingan qiymati ularni realizatsiya qilishda savdo ustamasini hisoblab chiqarishga baza boʻladi.
Unni qadoqlash uchun qoplar har xil narxlarda (1260 QQS bilan va 1200 QQSsiz) xarid qilinganligi ularni qasddan oshirilgan narxlarda xarid qilishni saqlamasligini isbotlash uchun nazorat qiluvchi organlarga qanday dalillarni keltirish mumkin?
Siz bergan ma’lumotlarga qaraganda qoplarni QQS bilan 1 260 narxda sotib olish QQSsiz 1 200 narxda sotib olishdan koʻra manfaatli ekan. Chunki birinchi holatda xarajatlarga 1 050 soʻm kiritiladi, ikkinchi holatda esa 1 200 soʻm kiritiladi.
Tovarlarni sotishda sotish narxlari qanday shakllantiriladi yoki savdo ustamasi necha foizni tashkil qilishi mumkin?
Tovar narxining kalkulyatsiyasi, qoidaga koʻra, bevosita va bilvosita xarajatlar asosida, sotish narxini shakllantirish uchun tannarxga ustamani qoʻshgan holda tuziladi. Kalkulyatsiyani tovar birligiga kabi tovarlar guruhiga ham tuzish mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter