Javob beramiz
Xorijda hujjatlarni rasmiylashtirish
Turmushga chiqqanim va familiyamni oʻzgartirganim munosabati bilan pasportni almashtirishim kerakmi?
Siz Turkiya fuqarosi bilan nikohingizni Turkiya Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazib, turmush oʻrtogʻingizning familiyasini olganligingiz sababli oʻsha yerdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga rasmiy hujjatga (nikoh guvohnomasiga) apostil qoʻyish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishingiz lozim.
Rossiyada tugʻilgan farzandimni notariusdan otasi ishonchnoma qilib bersa Oʻzbekistonga olib keta olamanmi? Moskva shaxridagi Oʻzbekiston vakolatxonasiga borib xujjat qilishimiz shartmi?
"Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida"gi Qonunning (2.07.1992 yildagi 632-XII-son) 13-moddasiga koʻra, agar bola Oʻzbekistondan tashqarida tugʻilgan, lekin shu paytda uning ota-onasi respublikamiz fuqarolari boʻlishgan boʻlsa, bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter