Javob beramiz
Foyda soligʻi
DMning valyuta kursidan daromadlariga soliq solish
SK 347-moddasi 7-qismida buxgalteriya hisobida kreditorlik qarzlari boʻyicha yuzaga keladigan kursga oid farqlar foyda soligʻi solish maqsadida doimiy muassasaning daromadlari (xarajatlari) jumlasiga kiritilmasligi aytilgan.
Chet ellik korxonaga qayta sugʻurta shartnomalari boʻyicha mukofot toʻlashning soliq oqibatlari
GM Uzbekistan uchun butlovchi kismlar ishlab chikaruvchilar uchun foyda soligidan imtiyez
Savolda koʻrsatilgan Prezident Qarori bilan joriy etilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2017 yil 31 dekabrda tugagan, shuning uchun korxonangiz 2018 yilda foyda soligʻi solinadigan bazani kamaytirmagan holda 14 foizlik stavka boʻyicha soliq toʻlashi lozim.
Korxona bolani parvarish qilish boʻyicha nafaqa toʻlash uchun sarflangan mablagʻlarni davr xarajatlariga kiritib, daromad soligʻini hisoblashda soliq solinadigan bazani imtiyoz sifatida ushbu summaga kamaytirishi toʻgʻrimi?
Nafaqa boʻyicha xarajatlar imtiyoz emas, balki chegiriladigan xarajatlardir, va ushbu xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan faqat bir marta chegirilishi kerak.
Korxona yangi texnologik asbob-uskunani chet ellik hamkordan sotib olish sharti bilan moliyaviy ijaraga olmoqchi. Korxona chet ellik hamkorga toʻlagan foizlardan qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
Chet ellik hamkoringizning ijaradan olinadigan foiz sifatidagi daromadidan siz toʻlov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 20% lik stavkada ushlab qilishingiz kerak. Bunda soliq summasini foizlarni xorijiy hamkoringizga foizlarni toʻlagan sanadagi OʻzR Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha hisoblashingiz kerak (Soliq kodeksining 155, 160 va 165-moddalari).

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter