Javob beramiz

Mukofotlar

Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3416) muvofiq tibbiyot muassasalarida moddiy yordam kimlarga va qanday holatlarda berilishi kerak? Xodimning yaqin qarindoshi (turmush oʻrtogʻi) kasal boʻlsa, xodimga moddiy yordam berilishi mumkinmi?


Xodimning yaqin qarimdoshi kasal boʻlganda jamgʻarmadan moddiy yordam berilmaydi.

Agar xodim kasaba uyushmasi a’zoligidan chiqsa, u bayramlar (8 mart, Navroʻz, Ramazon hayiti, Mustaqillik bayrami, Konstitutsiya bayrami) munosabati bilan toʻlanadigan mukofotlarni olish huquqidan mahrum boʻladimi?


Yoʻq, xodim kasaba uyushmasi a’zoligidan chiqqan taqdirda ham, uning jamoa shartnomasida nazarda tutilgan bayram mukofotlarini olish huquqidan mahrum qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bayram kunlariga beriladigan mukofot pullari


Bayram kunlariga toʻlanadigan mukofot pullari jismoniy shaxsning ragʻbatlantirish xususiyatiga ega daromadlariga kiradi.

DUKda mukofot puli berish tartibi


Davlat korxonasi xodimlarining shtat boʻyicha soni va ularning ish haqi miqdorlari rahbar tomonidan muassis bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqiga ustama toʻlab berish imkoniyati


Xodimingizga yuqorida keltirilgan qonunosti hujjatlarning ikkalasida belgilangan ustamalarni biryoʻla toʻlab berish mumkin yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida savol bilan yuqori tashkilotingizga va Moliya vazirligiga murojaat qilishingizni maslahat beramiz.

 

Korxonada hayfsan olgan xodimlar ragʻbatlantirish pullari (8-mart, Navroʻz, Hayit, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Yangi yil) va moddiy yordam pullarini (sogʻlikni tiklash uchun) olishlari mumkinmi?


Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida ragʻbatlantirish pullari toʻlanmaydi, moddiy yordam esa toʻlansa boʻladi.

Mehnat munosabatlarida boʻlmagan shaxsga mukofot toʻlash uchun qanday hujjatlarni rasmiylashtirish kerak?


Lokal hujjatda koʻrsatilgan toʻlovlar (mukofot va h.k.) ishdan boʻshagan xodimga toʻlanishini buyruq bilan rasmiylashtirish mumkin.

2017 yil 1-chorak yakunlari boʻyicha 31-martdan ishdan boʻshagan xodimni mukofotlashimiz mumkinmi?


Ha, mumkin.