Javob beramiz
Ijtimoiy nafaqalar ta’minoti
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ijtimoiy soliqqa tortilmasligi
2 yoshgacha bolani parvarish qilish boʻyicha nafaqa toʻlash
Ha, korxonangiz xodimaga 2 yoshgacha bolani parvarish qilish boʻyicha nafaqa toʻlashi kerak.
Bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa yil oʻrtasidan BHM oʻzgarsa, oʻzgaradimi
Bolani 2 yoshga toʻlgunga qadar parvarishlash boʻyicha nafaqa BHMga bogʻliq emas, uning miqdori qat’iy summada belgilanadi.
Oʻrindosh xodimaga dekret nafaqasi
Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa har bir ish joyi (asosiy ish joyi va oʻrindoshlikdagi ish joyi) boʻyicha alohida toʻlanadi.
Tugʻishgacha va undan keyingi ta’til kunlari uchun toʻlov qanday hisoblanadi va ushbu mablagʻdan qanday soliqlar toʻlanadi?
Homiladorlik va tugʻish nafaqalarini “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan hisoblab chiqariladi, ularga JShDS, YaIT va sugʻurta badallari solinmaydi.
1. Kasallik varaqalariga haq toʻlash qanday tartibda hisoblab toʻlanadi? Masalan, tugʻish ta’tiliga chiqqanda toʻlanadigan haq qanday hisoblanadi? Oʻrtacha oylik hisobidanmi, oylik stavkasidanmi yoki stajiga qarabmi va qanday foizda toʻlanadi? 2. Xodimlar ta’tilga chiqqanida qanday tartibda hisob-kitob qilinadi: oʻrtacha 12 oylik ish haqidanmi yoki oylik stavkasidanmi?
Kasallik varaqalariga, jumladan tugʻish ta’tiliga chiqishda hamda mehnat ta’tiliga chiqqanda xodim bilan hisob-kitob oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Homiladorlik va tugʻish ta’tiliga chiqib ketgan xodimaga 2017 yil mart oyidan boshlab 2017 yilning soʻnggigacha har oyda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi shkala boʻyicha qayta hisoblanib qaytarib berilishi kerakmi?
Yoʻq. Xodima yil davomida ish beruvchidan soliqqa tortiluvchi boshqa daromad olmasa, uning yanvar-fevral oyida olgan daromadi dekabr oyidagi shkala asosida qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Kasallik tashxisim anik bulsa xar yil kayta kurikdan utishim shartmi? Ishlovchi II-gurux nogironini III-guruxga tushiramiz deb kuyishmayapti, nogironlik nafakasini olib turib ishlashga xakking yuk yo ishni tanla yoki II-gurux nogironligi nafakasini tanla deb kuyishmayapti, ishxonamda maxsus shart-sharoitlar kilib berishgan xolda xam II-gurux nogironi ishlashga xakki yukmi va kaysi konun yoki farmoishga asosan? Necha yillik kayta 1 yillik TMEK kurigidan sung birlamchi (uzluksiz, umr oxrigacha) nogironlik gruppasiga chikishi kerak?
Nogironlikning bir guruhidan ikkinchi guruhiga oʻtkazish masalasi sogʻliq holatidan kelib chiqib hal etiladi. Nogironlikning uchinchi guruhi mehnat sharoitlariga qarshi koʻrsatmalar boʻlganida belgilanishi mumkin. Muddatsiz nogironlikni belgilash OʻzR VMning 08.08.2008 yildagi 175-sonli qaroriga asosan belgilanadi.
Yanvar oyi uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi boʻyicha toʻlov 2 mln soʻmni tashkil qiladi (nafaqa miqdori ish haqiga nisbatan 80%). Agar xodim yanvar oyida toʻliq ishlaganda edi, tarif stavkasi boʻyicha ish haqi 1,2 mln soʻmni tashkil qilgan boʻlardi. Hisoblab chiqarilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasi tarif stavkasidan yuqori boʻlishi toʻgʻrimi?
Nafaqaning eng koʻp miqdori nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqiga nisbatan 100%ni tashkil qiladi. Sizning holatingizda nafaqa ish haqiga nisbatan 80%ni tashkil qiladi.
Oʻz hisobidan bola 3 yoshga toʻlgunicha uni parvarishlash uchun beriladigan ta’tilda boʻlgan davrda homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanadimi?
Ha, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan homiladorlik va tugʻish ta’tilining barcha kunlari uchun toʻlanadi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter