Javob beramiz

Imtiyozlar

Aynan shu mehmonxona faoliyati uchun 2020 yildan bizga qanday qulayliklar va soliq imtiyozlari beriladi? Mehmonxona faoliyatini boshlash uchun qanday hujjatlar talab etiladi?


Sizning holatingizda mehmonxona faoliyati uchun hech qanday soliq imtiyozlari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan.

Moddiy yordamni qay tartibda rasmiylashtirish lozimligi boʻyicha batafsil ma’lumot bersangiz.


Xodimga moddiy yordam berish rahbar buyrugi asosida amalga oshiriladi.

Asosiy faoliyat turi tibbiy xizmatlar koʻrsatish boʻlgan, shu bilan birga turizm xizmatlarini koʻrsatadigan jamiyatimiz savol mazmunida koʻrsatilgan solik imtiyozlariga ega hisoblanadimi?


Tibbiy xizmatlari (stomatologiya va kosmetologiyadan tashqari) PQ-2863 sonli qarorga asosan barcha turdagi soliqlardan 01.01.2022 yiilga qadar ozod etilgan. Turizm xizmati SKga asosan QQSdan ozod etilgan.

Tayyor tikuchilik maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi oilaviy korxona Prezidentning 2016 yil 21 dekabrdagi PQ-2687-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalana oladimi?


PQ-2687 qarori bilan berilgan imtiyozlardan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va qoʻyilgan talablarga javob beradigan mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha turdagi korxonalar foydalanishi mumkin.

MChJ tasischisi korxonaning taqsimlanmagan foydasini Ustav fondini oshirishga yunaltirsa qanday soliq toʻlanadi? Bir yildan keyin Ustav fondi yana shu summaga kamaytirilsa qanday soliq toʻlanadi? Soliq kodeksi 179-modda 19-bandiga izoh bering.


Muassis oʻz ulushini nominal qiymati boʻyicha sotayotgan boʻlsa, mol-mulkni realizatsiya qilishdan daromad boʻlmaydi, ulushning sotilishi uni sotuvchida soliq majburiyatlari yuzaga kelishiga olib kelmaydi.

Agar men asosiy ish joyimning buxgalteriyasiga kredit boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirganligimni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilsam, kredit toʻloviga yoʻnaltirilgan pullarga solingan daromad soligʻini qaytarib olish va imtiyozni qoʻllash mumkinmi?


Yoʻq, agar kredit toʻlovi oʻzingiz naqd pul tarzida amalga oshirgan boʻlsangiz, unda siz ishlayotgan korxona emas, balki soliq organi daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllashni koʻrib chiqadi.

Doʻstimning ushbu ipoteka kreditini toʻlashga yoʻnaltirgan oylik maoshi summasi SK 179 modda 30 punktga asosan daromad soligʻidan ozod etiladimi?


Yoʻq, ushbu imtiyozdan faqat yosh oila a’zolari foydalanishi mumkin. Ushbu imtiyoz doʻstingizga tatbiq etilmaydi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga badal sifatida yoʻnaltirilgan ish haqi soliqdan ozod qilinadimi?


Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga badal sifatida yoʻnaltirilgan ish haqini soliqdan ozod qilish Soliq kodeksida nazarda tutilmagan.

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun berilgan yer uchastkalari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlardan qanaqa tartibda foydalaniladi?


Jismoniy shaxslar – ularga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yer uchastkalari boʻyicha - yer uchastkasi berilgan oydan keyingi oydan e’tiboran ikki yil muddatga yer soligʻidan ozod qilinadi (Soliq kodeksning 290 moddasi 10 bandi).

Agar korxona oʻz ta’sischisiga ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki toʻlov badallarini toʻlab bersa, bu boʻyicha soliq hisoblanadimi? Agar ta’sischi korxoda xodimi boʻlmasa, qanday boʻladi?


Sizning muassis ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlash uchun olgan summadan daromad soligʻi toʻlashi shart boʻladi.

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun Qishloq qurilish bankidan olingan kreditlar boʻyicha ushbu bankda ochilgan xodimning omonat hisob raqamiga boshlangʻich badalini toʻlash uchun korxona tomonidan oʻtkazilgan mablagʻlardan sugʻurta badallari va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlarini hisoblash qanday tartibda amalga oshiriladi?


Xodimning qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun olingan kreditlar boʻyicha boshlangʻich badalini ATB «Qishloq qurilish banki»dagi omonat hisob raqamlariga oʻtkazilgan korxonaning xarajatlari xodimning daromadi sifatida qaralmaydi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlari, sugʻurta badallari, yagona ijtimoiy toʻlovga tortilmaydi.

Soliq kodeksining 171-moddasi 14-bandi ikkinchi xatboshidagi: «yuridik shaxsdan - ish beruvchidan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklar tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal sifatida quruvchi shaxs tomonidan olingan mablagʻlar” qismidagi “quruvchi shaxs” iborasida qanday jismoniy shaxslar nazarda tutilgan?


Yakka tartibdagi quruvchi — qishloq joylarda yashaydigan, tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmani belgilangan tartibda rasmiylashtiradigan (rasmiylashtirgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 oktyabrdagi 280-son qaroriga 1-ILOVA).