Javob beramiz

Intizomiy javobgarlik

Bunday holatda unga korxona ichki mehnat tartibiga amal qilmay, oʻzboshimchalik bilan ish olib borganligi uchun qay tartibda ogohlantirish berishi mumkin? Ogohlantirish mazmuni qanday boʻlishi kerak?


Ogohlantirish intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi.

Shu progulchi xodimga hayfsan intizomiy jazosi qoʻllanilib, buyruqni YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazsa boʻladimi?


Intizomiy jazo qoʻllanilib YaMMTda kiritilishi mumkin.

Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodimni ragʻbatlantirsa boʻladimi?


Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq toʻlash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham qoʻllanilmaydi.

Qaysidir hujjat bilan musiqa yoki oʻyinlar taqiqlanganmi?


Bu bankning lokal hujjati bilan tartibga solinadi.

Intizomiy jazo (hayfsan) olgan xodimning ish haqi qay tarzda beriladi? Bunday xodimga bayramlardagi mukofotlar, ish haqiga ustamalar, chorak yakuni boʻyicha ragʻbatlantirishlar toʻlanadimi?


Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilmaydi, mehnat haqi tizimiga kiradigan toʻlovlar bundan mustasno.

Korxonada jarimalarni joriy etish toʻgʻrisidagi buyruqni tuzib chiqish


Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har bir korxonada tasdiqlanishi lozim boʻlgan ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimlarga jarima solish holatlari nazarda tutiladi.

Korxonaning ichki mehnat qoidalarida qayd etilmagan qoidabuzarlik uchun intizomiy jazoni qoʻllash


Korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki boshqa lokal hujjatlarida niqob rejimini buzganlik mehnat intizomini buzish sifatida belgilangan boʻlsa intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin (MK 181-m.).

Intizomiy jazo chorasini qoʻllashni koʻrib chiqishda xodimning tushuntirish xatida koʻrsatilgan xarakatlarining sabablarini rad etilganligini hujjatlarda aks ettirish


Amaldagi qonun hujjatlarida intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruqning biror-bir shakli keltirilmagan.

Ichki mehnat tartibi qoidalari: qanday tanishib chiqiladi


Ish beruvchi xodimlarning kompaniya lokal hujjatlari bilantanishib chiqishining oʻzi uchun

Ariza imzolanmasdan turib ta’tilga chiqib ketgan xodimga hayfsan berish mumkinligi


Korxonaning lokal hujjatlari bilan tanishib chiqmasdan turib, ushbu savolga javob qaytarib boʻlmaydi.

Ustamani bekor qilish – intizomiy jazo emas


Xodimlarning ish haqiga shaxsiy ustamalar va intizomiy jazo choralari har xil narsalardir.

1. Xodim ish haqidan ushlab qolingan jarima summasi buxgalteriya provodkalarida qay tartibda aks ettiriladi? 2. Jarima summasi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining hisobotida qay tartibdi koʻrsatiladi, ya’ni u hech qayerga koʻchirilmaganligi sababli saldoga kelib qolmasligi uchun qanday yoʻl tutiladi?


Hodimdan undirilgan jarimalar 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” schyotining kreditida olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.