Javob beramiz
Valyuta operatsiyalari
Valyuta almashtirish kurslari oʻrtasidagi farq
Markaziy bankning rasmiy kursi bilan bankning tijorat (ayirboshlash) kursi oʻrtasidagi farq valyuta kursining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan kurs farqi hisoblanmaydi.
QQSni toʻlashning soddalashtirilgan tartibida kredit-nota boʻyicha kreditorlik qarzdorligini hisobdan chiqarish
Kredit-nota asosida qarzdorlikni hisobdan chiqarishda qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirilib, ma’lumotlar TSOYaEATga kiritiladi.
Xorijda malaka oshirishni rasmiylashtirish
Davlat tashkilotlari tomonidan xodimlarning xorijda malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi uchun rejalashtirilayotgan xarajatlar tashkilotning ta’sischisi (yuqori turuvchi tashkilot) bilan kelishilishi, belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan boʻlishi hamda mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi lozim.
Korrespondent-bankning komissiya ushlab qolishi
Korrespondent bank komissiyasi korxonaning boshqa operatsion xarajatlari hisoblanadi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini TSOYaEATda oʻzaro yopib yuborish mumkinmi
Sizning vaziyatingizda bir kontrakt doirasida debitorlik va kreditorlik qarzlarini yopish kerak boʻladi. Buni TSOYaEATda amalga oshirishning imkoniyati yoʻq.
Xorijiy valyutadagi qarzni qayta baholash sanalari
Import va eksport operatsiyalarida boʻnak toʻlovlari
Aktivlar, ishlar va xizmatlar toʻliq yoki qisman oldindan chet el valyutasida toʻlangan boʻnak hisobiga xarid qilinganda, ularni qiymatining ushbu boʻnak miqdoriga teng summasi boʻnak toʻlangan sanadagi Markaziy bank kursida tan olinadi.
Chet ellik mol yetkazib beruvchi xar gal qarzdan voz kechish toʻgʻrisida xat berishi mumkinmi
Qarzdan voz kechish qonunga xilof emas, lekin muntazam ravishda qarzdan voz kechish qoʻshimcha surishtiruv yoki tekshiruvlarga sabab boʻlishi mumkin.
Import qilingan tovar uchun toʻlovni boshqa valyutada amalga oshirish
Siz Yevroni AQSh dollariga oʻtkazishingiz kerak emas, balki buxgalteriya oʻtkazmalaringiz va barcha summalar «yopilishi» uchun toʻlov kunida AQSh dollaridagi kreditorlik qarzini Yevroga oʻtkazishingiz kerak.
Valyuta krediti boʻyicha kursdagi farq qanday hisobga olinadi
BHMS boʻyicha buxgalteriya hisobida balansning valyuta moddalari har oyning oxirgi kuniga va Markaziy bank kursi boʻyicha xoʻjalik operatsiyalarini sodir etish sanasiga qayta baholanadi

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter