Javob beramiz

Umumiy masalalar

Texnikaning maishiyligini aniqlash


Ehtimol, bu texnika maishiydir yoki ikki xil maqsadda ishlatiladigan texnikadir.

Soliq organidan har oyda bir xil ma’noda keladigan xabarnomalarga javob berish


Sizning vaziyatingizga aviachiptalar sotganingiz uchun oladigan vositachilik haqingizdan soliq toʻlashingiz toʻgʻri.

Soliq organiga tovarli qarz shartnomasini qogʻozda tuzilgan shaklda berish mumkinmi


Siz soliq organidan korxonaning bank hisob raqamidagi operatsiyalarning toʻxtatib qoʻyilishi sababini aniqlashingiz va uni bartaf etishingiz lozim.

Soliq tekshiruvida aniqlangan kamomad hisobi va soliq oqibatlari

Korxonaning aylanma mablagʻlarini oshirish uchun ta’sischi tomonidan nakd pul mablagʻlari bankga topshirilsa kanday solik okibatlari yuzaga keladi? Buni necha marotaba va kancha mikdorda topshirishi mumkin?

Qarz shartnomasida bankning qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha 9% miqdorida foizlarni belgilash afzalmi yoki yoʻqmi? Bunda qarz beruvchi-yuridik shaxs DSIga qanday hisobotlarni topshirishi kerak boʻladi va ta’sischida qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?


Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma asosida oʻz huquq va burchlarini belgilashda va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar.

Ortiqcha toʻlangan JShDS summasini yaqin qarindosh boʻlgan shaxsning yer va mol-mulk soliqlariga toʻlov sifatida oʻtkazish mumkinmi?


Yoʻq, mumkin emas.

Agar korxona asosiy faoliyatidan hech qanday daromad koʻrmasa, avtomobilni zararga sotganda soliq oqibatlari qanday boʻladi?


Agar asosiy vositaning chiqib ketishidan korxona zarar koʻrsa, unda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

Korxona Nizomida ta’sischi – jismoniy shaxsning ota-onasiga tegishli boʻlgan turar-joyni koʻrsatib faoliyat yuritsa, soliq oqibatlari qanaqa boʻladi?


Ushbu holatda korxona uchun mulkiy huquqdan tekinga foydalanganlik natijasida daromad hosil boʻlib, butun oʻtgan davr uchun soliq bazasi qayta hisoblanishiga olib keladi.

1. Navoiy viloyatidagi xususiy korxonaning yuridik shaxs nomiga Toshkent shahridan turar joy binosi sotib olishi tartibi qanday? 2. YaST toʻlovchi yuridik shaxsning nomiga olingan turar joy binosidan qanaqa soliqlar toʻlanadi? Undan xizmat safariga yuborilgan xodimlar foydalansa soliq oqibatlari kelib chiqadimi?


Turar joy ob’yekti oldi-sotdi bitimini amalga oshirish uchun avvalombor sotuvchi va xaridor oʻrtasida notarial tarzda rasmiylashtiriladigan (Uy-joy kodeksi 14-m.), yozma shakldagi oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi lozim (FK 480-m.).

1. Biz yuk tashkuvchi kurilish mashinalarimizni ijara shartnomasi asosida boshka korxonaga berishimiz mumkinmi? 2. Buning uchun kanday xujjatlarni rasmiylashtirish kerak? 3. Korxonamiz yuklarni tashish uchun litsenziya olishi shart emasmi? 4. Soliq solish stavkasi necha foiz hisoblanadi?

1. Agar “Ona va bola” sanatoriyasi korxona qoshida faoliyat yurita boshlasa qanday soliqlar toʻlanadi? 2. Agar 1,5 gektar mevali bogʻ ichida asalarichilik faoliyatini yuritsa, qanday soliqlar toʻlaydi?


Korxona sanatoriya xizmatini koʻrsatishni, asalarichilik faoliyatini boshlasa, va bunda kichik biznes sub’yektiga tegishlilik maqomini saqlab qolsa, u YaST toʻlovchisiligicha qoladi. Sanatoriya xizmatini koʻrsatuvchi kichik biznes sub’yektlari ushbu faoliyat turidan tushgan tushum doirasida YaSTdan ozod etilganlar.

Chorvachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaligining asosiy faoliyati (sut va goʻsht beruvchi) hayvonlar va buzoqlarni sotish boʻlsa qanday soliqlar toʻlanishi kerak?


Chorvachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi va ular yagona yer soligʻi toʻlaydilar.

1. Foizli daromad va soliq oqibatlari kimda yuzaga keladi: qarz beruvchidami yoki qarz oluvchidami? 2. Ushbu holatlarda soliqlar qanday tartibda va qaysi stavkada hisoblanadi? Yuridik shaxs DSIga biror bir soliq hisoboti, yoxud hisob-kitob ma’lumotnoma topshirishi kerakmi va qaysi muddatlarda? Soliq summasini qaysi muddatlarda toʻlab berilishi kerak? 3. Agar «A» yuridik shaxs «B» yuridik shaxsga 2016 yil yanvarda foizli daromad toʻlash majburiyatisiz zayom bergan boʻlsa va zayom 2017 yil yanvarda qaytarilgan boʻlsa, u holda foizli daromad summasi qanday aniqlanadi?


Daromad qarz oluvchida, ya’ni foizsiz zayom olgan yuridik shaxsda aniqlanadi. SKning 135 moddasi yuridik shaxslar tomonidan tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar koʻrinishida olingan daromadlarni aniqlash tartibini belgilaydi.

Agar yirik korxona mahalliylashtirish Dasturiga kiritilsa, u qanday soliqlarni toʻlashi kerak boʻladi?


Umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi sifatida siz Soliq kodeksi bilan ushbu toifadagi toʻlovchilar uchun belgilangan barcha soliqlar va majburiy toʻlovlarni mahalliylashtirish dasturi ishtirokchisi va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchisi sifatida sizga berilgan imtiyozlarni hisobga olgan holda toʻlashingiz kerak.