Javob beramiz

Ish safarlari

Viloyat ichida xizmat safariga yuborilgan xodimlarga xizmat safari xarajatlarini toʻlash tartibi qanday?


Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi Nizom bilan tartibga solinadi.

Xizmat safari davridagi dam olish kunlari


Agar xodim xizmat safari vaqtidagi dam olish kunlarida ishlamagan, ya’ni dam olgan boʻlsa, dam olish kunlari uchun haq toʻlanmaydi, faqat xizmat safari xarajatlari toʻlab beriladi.

Tashkilot xizmat safariga yuborilgan shaxsga ortiqcha sarflagan xarajatlarni oy oxirida qoplab bersa boʻladimi


Toʻlovlarni MK va Nizomga asosan imkon qadar oʻz vaqtida amalga oshirishni tavsiya qilamiz.

Davlat tashkilotida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodim xizmat safariga yuborilsa, tabelda qanday aks ettiriladi, ya’ni haqiqatda ishlagan ish vaqtiga 8 soat qo'yiladimi yoki o’sha davr uchun o’rtacha ish haqi hisoblanadimi?


Hizmat safarida tabelda oʻz belgisi qoʻyiladi.

Yuqoridagidan kelib chiqib, byudjet tashkiloti jamoa shartnomasida xizmat safari uchun kundalik xarajatlar miqdorini Nizomning 16-bandiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0,35 koeffitsiyentdan kam boʻlmagan miqdorda, ya’ni undan koʻproq oʻrnatishga haqlimi? Yoki 0,35 koeffitsiyent eng yuqori miqdormi?


Byudjet tashkilotlarda kundalik xarajatlarni belgilangan miqdordan yuqoriroq oʻrnatish mumkin.