Javob beramiz

Foyda

Xayfsan olgan xodim moddiy yordam pulini (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun beriladigan mablagʻni) oladimi?


Ha, oladi.

Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar


Ish beruvchi va Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻlaydigan nafaqalarni hisoblashda turli koeffitsiyentlar qoʻllaniladi.

Mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik nafaqasi toʻlash


Agar 2026 yilning birinchi yarim yilligida ish beruvchi xodimga 5 kun uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlab bergan boʻlsa, 1 iyuldan boshlab bunday nafaqa endi Jamgʻarma tomonidan toʻlab beriladi.

Homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibidagi oʻzgarishlar


Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi doirasida homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash va toʻlash 2026 yil 1 yanvardan boshlab ish beruvchilarning toʻgʻridan-toʻgʻri javobgarligidan Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkazildi.

Tashqi oʻrindoshga mehnatga layoqatsizlik nafaqasini hisoblash


Tashqi oʻrindosh xodimga mehnatga layoqatsizlik nafaqasi asosiy ish joyida ham, qoʻshimcha ish joyida ham ikki ish beruvchi tomonidan alohida hisoblab chiqiladi.

Xodim kasallik varaqasini kechikib olib keldi


Oʻrtacha ish haqi hisoblanadigan oydan oldingi oʻn ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri aniqlanishi kerak.

Ushbu xodim bolani parvarishlash davri uchun mehnat ta’tili olishga haqlimi?


Bolani parvarishlash ta’tili dvri uchun mehnat ta’tili berilmaydi.

Tashkilot har oy marhum xodimning oila a’zolariga qandaydir tarzda yordam puli ajratish huquqiga egami?


Boquvchisini yoʻqotgan shaxslarga ish beruvchi tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish tartibi va miqdori belgilangan.

Viloyat (tuman) byudjetidan tashkilotga begʻaraz moddiy yordam berish qonuniymi yoki yoʻqmi?


Byudjetdan begʻaraz yordam  faqat insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlari tarzida beriladi. Viloyat xokimligining byudjetidan korxonalarga oylik ish haqidan qarzdorlikni qoplash maqsadida mablagʻ ajratish koʻzda tutilmagan.

Xomiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaka kachon davlat tomonidan tulab beriladi


Davlat tomondan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi qoplaniladi.

Kelgusida vafot etgan xodimning oilasiga boquvchisi vafot etganligi boʻyicha toʻlovlar qanday amalga oshiriladi?


Boquvchining vafoti sababli zararni toʻlash tartibi VMning 11.02.2005 yildagi  60-son qarori 1-ilovasidagi Qoidalar va MKda koʻrsatilib oʻtilgan.

Shu munosabat bilan xodimga qancha miqdorda moddiy yordam berilishi kerak?


Moddiy yordam berish miqdori korxonaning lokal xujjatlari bilan belgilanadi.