Javob beramiz
Muassislar bilan hisob-kitoblar
Dividendni tovar koʻrinishida berish
Agar ta’sischiga 100 mln soʻmlik dividend hisoblanib, u tovar koʻrinishida berilishi kerak boʻlsa, 12% stavkada QQS hisobga olingan holda 95 mln soʻmlik tovar beriladi.
UF MChJdagi ulushni bepul asosda boshqa shaxsga oʻtkazish
Jismoniy shaxsdan tekinga olingan ulushlar, paylar va aksiyalar koʻrinishidagi daromadlar (shu jumladan had’ya shartnomalari boʻyicha) jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga kiradi. Boshqa daromadlarga daromad olgan jismoniy shaxsning deklaratsiyasi asosida JShDS solinadi. Taqsimlangan foydaga toʻlov manbaida rezidentlar uchun 5% va norezidentlar uchun 10% stavka boʻyicha soliq solinadi. Agar korxona chiqib ketgan ta’sischiga dividend toʻlamasa, u majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan daromad oladi. Daromad
Sof foyda hisobidan avtomobil sotib olishni rejalashtirishda buxgalteriya hisobi va hujjatlarni rasmiylashtirish
Avtomobilni sotib olish uchun ta’sischining (yoki ishtirokchilar umumiy yigʻilishining) qarori (agar ustavga koʻra bunday qaror talab etilsa) rasmiylashtiriladi.
Sof foydani taqsimoti
Toʻlovga kelganda norma mavjud: dividendlar avval imtiyoli aksiyalar, keyin oddiy aksiyalar boʻyicha toʻlab beriladi.
Sof foydani toʻliq dividendga yoʻnaltirish
Dividendlar jamiyat ixtiyorida qolgan sof foyda va (yoki) oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan toʻlanadi.
Foydani dividendga taqsimlash
Agar 2025 yil yakunlariga koʻra AJda 8710 schyotida taqsimlanmagan foyda mavjud boʻlsagina, uni dividendga taqsimlash mumkin.
Taqsimlanmagan sof foyda va dividendlar: soliq majburiyati yuzaga kelishining huquqiy asoslari
Foydani ta’sischilar oʻrtasida taqsimlamaslik holatida dividend soligʻi yuzaga kelmaydi va soliq majburiyati faqat foyda real taqsimlangan vaqtda vujudga keladi.
UFni kamaytirib pul koʻrinishida olishda buxgalteriya oʻtkazmalari
Xoʻjalik operatsiyalarini aks ettiruvchi buxgalteriya oʻtkazmalari 21-son BHMS "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma" asosida shakllantiriladi.
Yagona ta’sischiga foizsiz qarz berish
Ta’sischi dividend olmoqchi
Jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta oʻzining sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Ta’sischi bilan hisob-kitoblar
MChJ ta’sischilari oʻz ulushlarini bir shaxsga sotganida buxgalteriya oʻtkazmalari
Ta’sischilar jamiyatdagi oʻz ulushlarini boshqa shaxsga sotganida 8330 schet debetida ulushini sotayotgan ta’sischilar va kreditida sotib olayotgan ta’sischi aks ettiriladi.
Ta’sischi ulushining import tovar bilan toʻlab berilishi
Amaliyotda savolda aytilgan shaklda bir tomonlama EHF rasmiylashtirgan holda SK 248-m. 5-q. talabini bajarish imkoniyati mavjud.
MChJ chiqib ketayotgan ta’sischining ulushini sotib olishi buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari
Chiqib ketgan ta’sischining ulushini sotib olganidan keyin MChJ oʻziga oʻzi ta’sischi boʻlib qolmaydi. Jamiyatga qarashli ulushlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ovoz berish natijalarini aniqlash, shuningdek jamiyat tugatilgan taqdirda uning foydasi va mol-mulki taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi.
Chet el valyutasidagi operatsiya summasining soʻmdagi ekvivalentini tan olish sanasi
Sizning vaziyatingizda chet ellik ta’sischi ustav fondini shakllantirish uchun oʻtkazgan pul mablagʻlari korxonangizning bankdagi valyuta hisob raqamiga kelib tushadi. Shu sababli ushbu operatsiyani pul mablagʻlarining bankdagi hisobvaraqqa kelib tushish sanasidagi chet el valyutasining soʻmga nisbatan MB kursini olgan holda aks ettirish kerak.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter