Javob beramiz
Jamgʻarmalarga umummajburiy toʻlovlar
3.5 %li majburiy ajratmalar boʻyicha soliq solish ob’yekti
Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qaroriga asosan "Oʻzdonmahsulot" AK tashkilotlari (gʻalla qabul qilish korxonalari va gʻalla qabul qilish faoliyatini amalga oshiruvchi donni qayta ishlash korxonalari) uchun ajratmalar solish ob’yekti sifatida – QQS chegirilgan holda ustama va chegirma belgilangan.
YaST toʻlovchi MChJ asosiy faoliyatidan tashqari avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash faoliyati bilan ham shugʻullansa, ushbu faoliyat boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlarni toʻlashi kerakmi?
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi YaST toʻlovchilar mazkur faoliyat turi boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashi kerak.
1. Fermer xujaligimiz Yagona ijtimoiy tulovni eng kam mikdori xisoblab chikarishda eng kam ish xaki mikdorini 50 foizidan kam bulmagan mikdorida xisobga olamizmi? 2. Fermer xujaligi egallab turgan maydoniga nisbatan xodimlarni ishga kabul kilish tugrisida karor yoki yukriknoma mavjudmi (misol uchun 5 ga 10 ta xodim) (fermer xujaligimizda yetarlicha texnika mavjud)?
Xodimga Xalq bankidagi ShJBPHga shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya badali (ShJBPB) ortiqcha toʻlangan va xodim ilgarigi ish joyidan boʻshab, yangi ishga oʻtgan taqdirda nima qilish lozim? Misol orqali koʻrsatib berishingizni suraymiz.
ShJBPHga badallar boʻyicha ortiqcha toʻlovlar yuzaga kelsa, ortiqcha toʻlangan badal summasi boʻlgʻusi toʻlovlarni toʻlash hisobiga qayd etiladi
"Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi" tuman kengashiga 8% ajratma 3-chorakdagi yagona soliq toʻlovidan ajratiladimi yoki 27 sentyabrdan boshlab kelib tushgan tushumdan mos ravishda ajratiladimi?
Kichik biznes korxonalari tomonidan toʻlanadigan yagona soliq toʻlovi uchun hisoblangan summaning 8 foizini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasiga 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab oʻtkaziladi.
Neftbazalardan AYoQShlarga beriladigan avtobenzin va dizel yoqilgʻisining bir litriga (kilogrammga) nisbatan qat’iy narx belgilanganmi? Neftbazalaridan AYoQShlarga avtobenzin va dizel yoqilgʻisini berish tartibi qanday? Mazkur holat qanday normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi?
Xa, belgilangan. «Uzneftmahsulot» AK neft bazalari tomonidan keyinchalik aholiga sotish uchun moʻljallangan avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi AYoQShlarga chegirmalar hisobga olingan holda chakana narxlarda sotiladi.
Oʻzbekiston va Koreya xukumatlari oʻrtasida imzolangan "Ijtimoiy ta’minot toʻgʻrisida"gi bitimga asosan korxonada ishlayotgan Koreya mutaxassislari uchun toʻlanayotgan daromadlarga YaIT toʻlanishi kerakmi?
Qanday faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar "Kamolot" YoIH ga yagona soliq toʻlovi toʻlaydilar va qaysi yoʻriqnomaga asosan? "Paynet" xizmati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarchi?
Amalga oshirayotgan faoliyat turidan qat’i nazar (savdo korxonalaridan tashqari) "Kamolot" YoIH jamgʻarmasi bilan oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida shartnoma tuzgan yagona soliq toʻlovchi kichik biznes korxonalari "Kamolot" YoIH rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratmalar oʻtkazadilar.
VM 2016 yil 05 noyabrdagi №10-sonli yigʻilish bayoniga muvofiq toʻlangan daromadlariga yagona ijtimoiy toʻlov va majburiy sugʻurta badali hisoblanadimi?
Soliqqa tortish tartibini aniqlash uchun koʻrsatilgan toʻloflarni qanday daromad ekanligini aniq ajratib olish kerak.
2017 yildan boshlab kurilish tashkilotlari uchun YaITni eng kam mikdorini xisoblash uchun smeta xujjatlaridagi mexnat sarfi (kishi-soat) inobatga olinadimi yukmi? Qurilish tashkilotida ish haqi boʻyicha ushlanmalar (daromad soligʻi, sugʻurta badallari, YaIT) qaysi summadan hisoblanishi lozim, qabul qilish topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan ish haqi summasidanmi yoki haqiqatda hisoblangan ish haqi summasidanmi?
Yoʻq, YaITning eng kam miqdorini hisoblashda xodimlar soni va haqiqatda ishlangan kunlari inobatga olinadi. Bunda smeta xujjatlarida aks ettirilgan mehnat sarfi (kishi-soat) inobatga olinmaydi.
2017 yildan boshlab qurilish tashkilotilari yagona ijtimoiy toʻlovning minimal miqdorini qay tartibda hisoblaydi? Misol tariqasida tushuntirib bersangiz.
2017 yildan e’tiboran iqtisodiyotning barcha tarmogʻidagi korxonalar YaITning eng kam miqdorini Adliya vazirligida 13.04.2010y. 2095-son bilan roʻyxatga olingan Nizom asosida hisoblaydilar.
Homiladorlik va tugʻish ta’tili summasidan 25% yagona ijtimoiy toʻlov va 7,5% sugʻurta badali ushlanadimi?
Yoʻq, homiladorlik va tugʻish nafaqasi xodimning boshqa daromadlari tarkibiga kiritilib (Soliq kodeksining 178-moddasi 1-bandi), ish haqi tarzidagi daromad boʻlmaganligi sababli ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalarga (YaIT va sugʻurta badallari) tortilmaydi (Soliq kodeksining 306-moddasi), shuningdek ushbu toʻlov JShDSdan ozod etilgan (Soliq kodeksining 179-moddasi 20-bandi).
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarishda xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam me’yorlarini 23.02.2011y. 2200 sonli Nizomga muvofiq hisobga olish kerakmi, basharti ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan qurilish ishlarini ichida bizning korxonamiz tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlar turi mavjud boʻlmasa?
Siz shugʻullanadigan faoliyat turi ixtisoslashtirilgan qurilish faoliyatiga taalluqli boʻlgani uchun korxona YaIT, sugʻurta badallari va JShDSni 23.02.2011y. 2200-son Nizomga muvofiq hisoblaydi.
1. Nizom (2095-son) boʻyicha 6 oy ish haqi fondidan 15% YaIT hisoblansa, 7 oydan 15% YaIT qanday hisoblanadi. Soliq hisobotida bu qanday oʻz aksini topadi? 2. Adliya vazirligida 13.04.2010y. 2095-son bilan roʻyxatga olingan Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning g)-bandida koʻzda tutilgan tartib qayta roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik sub’yektlari tomonidan qoʻllanilishi mumkinmi (masalan MChJ oʻz tashkiliy-huquqiy shaklini hususiy korxonaga oʻzgartirsa, ta’sischilar tarkibi koʻpayishi yoki kamayishi natijasida ta’sis xujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilsa)?
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter