Javob beramiz

Hujjat aylanishi

Logistika xizmatlari importini hujjatlashtirish


Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs xitoylik yuridik shaxsdan logistika xizmatlarini xarid qilishi xizmatlar importi hisoblanadi.

«Forma-48»ning qoʻllanilishi


Oʻzbekistonda «Forma-48» nomli rasmiy buxgalteriya yoki soliq hisoboti shakli mavjud emas.

Ishlab chiqarish faoliyatida rasmiylashtiriladigan asosiy hujjatlar


Ishlab chiqarish faoliyatida rasmiylashtiriladigan birlamchi hujjatlar roʻyxati korxonaning xususiyatiga qarab farqlanadi.

Tovar realizatsiyasida rasmiylashtiriladigan hujjatlar


Tovarni tashish amalga oshirilsa, qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda elektron tovar-transport yukxati rasmiylashtirish kerak boʻladi.

Yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotni hisobdan chiqarish


Yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulot hisobdan chiqarilishi kerak.

Korxona buxgalteriyasi va soliq hisobini tiklash tartibi


Buxgalteriya va soliq hisobini tiklash ishlarini inventarizatsiya va birlamchi hujjatlarni tekshirishdan boshlash tavsiya etiladi.

ETTYuXni oʻz vaqtida rasmiylashtirmasa nima boʻladi


2024 yil 1 iyuldan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtiradi. Tovar yuklab joʻnatayotgan korxonaning yuk mashinasi boʻlmasa, yukni olib ketayotgan avtomashina toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan rasmiylashtiriladi.

1S dasturida kunlik hujjatlardagi ma’lumotlarni bir oʻtkazma bilan kiritish mumkinmi


Bir kunda amalga oshirilgan kassa operatsiyalari va TMZlar harakati sintetik hisobi umumlashtirilgan holda 1S dasturida yuritilishi mumkin. Bunda analitik hisob «IIKO» dasturida yuritilsa, sintetik hisob ma’lumotlarini undan tekshirib olish imkoniyati mavjud boʻlishi kerak.

Jismoniy shaxslardan baklajkalarni qabul qilishni hujjatlashtirish


Korxona jismoniy shaxslardan baklajkalarni olib qolib, ularga pul toʻlab berishda xarid dalolatnomalarini rasmiylashtirishi lozim.

Bir xaridorning turli manzillariga tovar yetkazishda ETTYu rasmiylashtirish


Agar savdo shoxobchalarining barchasi bitta tadbirkorlik sub’yektiga tegishli boʻlsa (hammasining STIRi umumiy bitta), bitta ETTYu rasmiylashtiriladi va unda yuk yetkazib berilishi kerak boʻlgan barcha manzillar koʻrsatiladi.

Hisobvaraq-faktura kechikmoqda


Hisobot davriga tegishli boʻlgan xoʻjalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan boʻlsa, tegishli boshlangʻich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.

Bozordan xarid qilinganida elektron dalolatnomalar rasmiylashtiriladimi


Ha, qishlok xoʻjaligi maxsulotlari, ya’ni, kartoshka, piyoz, sabzavotlarni naqd pulga bozordan xarid qilinganida ham elektron dalolatnomalar rasmiylashtirish kerak boʻladi.

Yangi bosh buxgalter qanday hujjatlarni qabul qilib olishi kerak


Yangi bosh buxgalter avvalgi bosh buxgalterdan kamida oxirgi 3 yil uchun buxgalteriya hisobi va soliq solishga aloqador barcha hujjatlarni qabul qilib olishi maqsadga muvofiq. Agar ushbu davr uchun hujjatlar toʻliq boʻlmasa, ularni tiklash kerak.

Muddati oʻtgan qarzdorlikni hisobdan chiqarish


Aslida bu tur hujjatlarni saqlash muddati 3 yilni tashkil etadi.

Buxgalteriya hisobi necha yil uchun tiklanishi kerak


Buxgalteriya hisobini eng kamida oxirgi 3 yil uchun, ya’ni 2022 yil 1 yanvardan boshlab tiklashingizni, lozim boʻlgan holatlarda ushbu tiklangan davr uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini taqdim etishingizni maslahat beramiz.