Javob beramiz

Yakka tartibdagi tadbirkorlik

Kassa apparatini roʻyxatga olish tartibi qanday?


Kassa apparatini roʻyxatga olish tartibi:

YaTT oʻzining qoldiq tovarini (realizatsiya QQS oboroti boʻlsa) yangi tashkil etgan jamiyatiga ta’sis summasi qilib kiritganda QQS hisobga olinadimi?


Yoʻq, hisobga olinmaydi.

YaTT reklama xizmatlarini koʻrsatish xizmatlari bilan shugʻullanmoqchi.


YaTT reklamani ishlab chiqish va joylashtirish xizmatini kshchrsatishi mumkin. Bunday xizmatlarni shartnoma tuzib amalga oshirish lozim.

Yakka tartibdagi tadbirkor logopediya xizmatini kursata oladimi?


Ha, logoped xizmatini YaTT koʻrsatishi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik sifatida logopediya va defektologiya xizmatlarini koʻrsatsam boʻladimi?


Yoʻq, defektologiya xizmatini YaTT sifatida amalga oshirib boʻlmaydi.

Yakka tartibdagi tadbirkor chorvachilik fermer xoʻjaligiga shartnoma asosida pul koʻchirish yuli bilan qoramol sotishi mumkinmi?


Faqat YaTT faoliyat turiga tegishli oʻzgartishni kiritgan holda qoramol sotishni amalga oshirish mumkin.

Qat’iy belgilangan soliq toʻlovchi YaTT tomonidan olingan moliyaviy yordam summasidan soliq toʻlanadimi yoki yoʻqmi?


YaTT tomonidan begʻaraz olingan moliyaviy yordam summasidan soliq toʻlanmaydi.

Shaxsiy uyimda xususiy bogʻcha ochsam boʻladimi, huquqiy shakli (yakka tartibdagi tadbirkor, firma, MChJ) va tartibi kanday?

1. Tadbirkorlik faoliyatimdan tushgan mablagʻdan 1 nafar yollangan xodimim va oʻzim uchun oylik maoshi olishim mumkinmi? Mumkin boʻlsa, qay tartibda va qancha miqdorda olishga ruxsat etiladi? 2. YaTT oʻziga va yollagan ishchisiga toʻlaydigan ish haqidan qanday soliqlar toʻlanadi?


Yakka tartibdagi tadbirkor xodimlarni yollashga haqli va mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslarning mehnat haqini qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilashi kerak.

Men yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yoʻnalishi: “Tashkilotlar uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (xom sut, sabzavotlar, mevalar, asal, teri va moʻyna) tayyorlash boʻyicha xizmatlar” turi bilan shugʻullanmoqchiman. Mening ushbu faoliyatim qanday normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi, ya’ni men ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanib aholi va YaTT lardan qay tartibda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlab va uni qay tartibda tashkilotlarga tayyorlab berishim qonuniy boʻlishligi yuzasidan aniq misollar keltirgan holda tushuntirish berishingizni soʻrayman.


Tadbirkorlik faoliyati borasidagi munosabatlar xaridorlar, sotuvchilar va boshqa hamkorlar oʻrtasida shartnomalar tuzish yoʻli bidan rasmiylashtiriladi va bunda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida»gi Qonun (matn davomida - Qonun) va boshqa bir qator qonun hujjatlari talablariga rioya qilish lozim boʻladi.

Uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramol, parranda, moʻynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) soʻyib, tegishli goʻsht mahsulotlarini qayta ishlanmagan holda bozorlarda sotish tartibi qanday va bunda qanday tartib-taomillarga rioya etish kerak boʻladi? Mazkur holatda qaysi davlat organlari qanday hujjatlarni talab etishga haqli sanaladi? Qanday toʻlovlar va qancha miqdorda toʻlanadi?

Ta’sischilar nomidan korxona xisob rakamiga birjadan kelib tushgan pul litsenziya olishda konuniy xisoblanmaydimi? Ta’sischilarning umumiy yigilish karori konunga zidmi?

YaTT bilan shugʻullanuvchi shaxs Davlat soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirsa, soliq munosabatlari kelib chiqmaydimi (ish haqidan daromad soligʻi va hokazo)? Deklaratsiyada qaysi manbadan kelib chiqib daromad belgilanadi, yoki qonunda boshqacha tartib bormi?


Yoʻq, YaTT oʻz faoliyatidan olingan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda topshirganda hech qanday soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi. Ushbu faoliyat boʻyicha deklaratsiya topshirish majburiy emas.

Yakka tartibdagi tadbirkor oʻziga oylik ish haqi hisoblasa boʻladimi, boʻlsa qancha miqdorda va qaysi qonunga asosan? Yakka tartibdagi tadbirkorlar har oyda qancha miqdorda bankdagi hisob raqamidan oylik ish haqi olsa boʻladi?


Yakka tartibdagi tadbirkorlarga (YaTT) oylik ish haqi hisoblanmaydi. Tegishli soliq va majburiy toʻlovlarni toʻlagach YaTT hisobraqamida qolgan mablagʻ uning shaxsiy daromadi hisoblanib, u oʻz xohishiga koʻra daromadini tasarruf etadi.

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi fuqaro Rossiya davlatidan asbob-uskuna olib kelib ish boshlasa unga qanday imtiyoz yoki yordamlar beriladi?


Qonunchilikda ayrim turdagi texnologik jihozlarni import qilishda ularni bojxona boji va QQSdan ozod qilish tarzidagi imtiyoz belgilangan.