Javob beramiz
Shakllanish
Ustav fondi joriy kurs boʻyicha qayta baholanadimi
Ustav fondi shakllantirilgandan keyin chet el valyutasi kursi oʻzgarishi uni qayta baholash uchun asos boʻlmaydi.
Koʻchmas mulkni korxona ustav fondiga kiritish
Ha, chet el fuqarosi oʻziga tegishli noturar binoni oʻzi ta’sischi boʻlgan korxona ustav fondiga ulush sifatida kiritishi mumkin.
Ta’sischiga ortiqcha berilgan summadan JShDS hisoblandi
Soliq oqibatlariga yoʻl qoʻymaslik uchun ustav fondini oshirish va kamaytirish tartibiga rioya qiling.
Kirim qilinmagan pulsiz ulush
Bir tomonlama EHF rasmiylashtirilishi kerak boʻlgan holatlar orasida jismoniy shaxsning UFga pulda ifodalanmagan ulush kiritish holati mavjud emas.
Kurs farqi va qarz yuzaga keldi
Shamol turbinasini yetkazib berish shartnomasida taraf oʻzgarganda ta’sischilar oʻz ulushlarini shartnoma boʻyicha ta’minotchiga toʻlangan boʻnak va uning natijasida yuzaga kelgan haq bilan kiritgan boʻladi.
Ustav fondining oʻzgarishi
Sizning vaziyatingizdagi ustav fondi oʻzgarishlari belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi bois ushbu xoʻjalik operatsiyalari qarz olish va qarz berish sifatida malakalanishi mumkin.
Shakllanmagan ustav fondining natijalari
Ta’sis hujjatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishda ustav fondini soʻmga oʻgirish
Hozirda ta’sis hujjatlarini qayta rasmiylashtirishda ustav fondini soʻmda koʻrsatishingiz lozim.
Xato berilgan buxgalteriya oʻtkazmalari va ustav fondini oshirishni tuzatish
Birlashtirish shaklida qayta tashkil etishda soliq majburiyatlari
Yoʻq, topshirish dalolatnomasiga asosan asosiy vositalar, tovarlar, tayyor mahsulotlar, xom-ashyolar va pul mablagʻlari huquqiy voris tomonidan olinishi bilan bogʻliq soliq majburiyatlari kelib chiqmaydi.
Asosiy vosita ustav fondiga ulush sifatida kiritilsa, QQS solinadigan baza
Asosiy vosita oʻzga jamiyatning ustav fondiga balans qiymatida berilsa, yoki balans qiymatidan past qiymatda berilsa, QQS shu balans qiymatdan hisoblanadi (belgilangan stavkada).
Ustav fondiga binoning kiritilishi boʻyicha soliq oqibatlari
Agar bir korxona oʻz balansida asosiy vosita boʻlib hisobda turgan binoni boshqa korxonaning ustav fondiga kiritsa va asosiy vositaning chiqib ketishidan daromad koʻrsa, ushbu daromaddan soliq tizimidan kelib chiqqan holda YaST yoki foyda soligʻi toʻlaydi.
Ustav fondiga kiritilgan summalar qayta baholanadimi?
Ustav fondiga kiritilgan summalar qayta baholanmaydi. Sizning holatingizda, 6630schyotida hisobga olingan mablagʻlar hali ustav fondiga kirgan emas.
Ustav fondini shakllantirish boʻyicha oʻtkazmalar
Jamiyat ustavi davlat roʻyxatidan oʻtgan sanada uning ustav fondi tasdiqlangan deb hisoblanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Ustav kapitalini shakllantirish boʻyicha oʻtkazmalar
Chet el valyutasida amalga oshiriladigan operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish Adliya vazirligida 2004 yil 17 sentyabrda 1411-son bilan roʻyxatga olingan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter