Javob beramiz

Vositachilik operatsiyalari

Hisobvaraq-fakturada “Yetkazib beruvchi” sifatida kim koʻrsatiladi?


“Yetkazib beruvchi” satrida qoʻshimcha ravishda “Vositachi” koʻrsatiladi. Hisobvaraq-fakturada vositachi va sotib oluvchining rekvizitlaridan tashqari komitentning rekvizitlari ham koʻrsatilishi mumkin.

Komitentning sotilgan tovarlari boʻyicha QQSni byudjetga kim toʻlaydi


Komissioner oʻzining xizmat haqi, ya’ni vositachilik haqi uchun komitentga  bergan hisobvaraq-fakturalarini sotish Reyestrida roʻyxatga oladi. Komitentning sotilgan tovarlari boʻyicha sotish Reyestrini komitentning oʻzi yuritadi va QQSni byudjetga toʻlaydi.