Javob beramiz
Imtiyozlar
Korxona xodimlariga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan moddiy yordam summalarining JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq oqibatlari
Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan moddiy yordam summalari mehnatga haq toʻlash koʻrinishidagi daromad emas, bu jismoniy shaxslarning boshqa daromadi. Shu sababli ijtimoiy soliq boʻyicha soliq oqibatlari yoʻq.
1. Jamiyat ta’sischisi farzandlarining ta’lim muassasasida oʻqishiga (tarbiyalanishiga) toʻlab berilgan mablagʻ summasini foyda soligʻini hisoblashda chegirilmaydigan xarajatlar tarkibiga olganimiz toʻgʻrimi? 2. Mazkur holatda jizmoniy shaxs daromadidan soliq toʻlanishi kerakmi?
Ha, ushbu mablagʻlar chegirilmaydigan xarajatlar hisoblanadi va ularga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.
Nogiron xodim ish haqidan ushlanadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash
I va II guruh nogironlari soliq solishdan qisman, daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining (EKIH) toʻrt baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha, ozod qilinadi.
JShDS boʻyicha imtiyozlar jami daromadga nisbatan hisoblangan hollarda, soliq hisobotining 6-ilovasi 6-7 ustunlari hamda 5-ilovasi 8-9 ustunlari qanday toʻldiriladi?
JShDS va YaIT boʻyicha hisobotning 5-ilovasida faqat mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq ma’lumotlar, 6-ilovada esa mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan toʻlovlarga oid ma’lumotlar aks ettiriladi.
Daromadni ipoteka krediti yeki oʻqish kontraktini toʻlashga yoʻnaltirish
Xodimlar daromadlarining qonun hujjatlarida belgilangan hollarda olingan ipoteka kreditlari va oʻqish kontraktlarini toʻlashga yoʻnaltirgan qismi JShDSdan ozod qilinadi.
ShJBPHga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilgan puldan JShDS imtiyozlari
Yoʻq, ShJBPHga oʻtkazilgan ixtiyoriy badallar jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqqa (JShDSga) tortilmaydi
Paxta yigʻim-terimidan daromad soliqqa tortiladimi?
Jismoniy shaxslar paxta terimi ishlariga jalb qilingan taqdirda, ularning bu ishlarni bajarishdan olgan daromadlariga JShDS, PFga sugʻurta badali, YaIT solinmaydi. Biroq, sizning holatingiz nostandart vaziyat boʻlgani uchun imtiyozlarni qoʻllashingiz mumkinligiga ayrim shubhalar mavjud.
Moddiy yordamning bir nechta turi berilsa, imtiyoz qanday qoʻllanadi?
SKning 179-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarning hammasini baravar qoʻllash mumkin. Bunda moddiy yordam summasi yillik asosda hisoblanadi
PQ-2863-son qarorida daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha imtiyozlar koʻzda tutilganmi?
Prezidentning 01.04.2017 yildagi PQ-2863-son Qaroriga binoan – xorijiy shifokorlar va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatadigan texnik mutaxassislarga tuzilgan mehnat shartnomalari doirasida olinadigan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslar daromad soligʻini toʻlashdan, shuningdek ular boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovdan ozod etiladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter