Javob beramiz
Davlat unitar korxonasi
Davlat unitar korxonasida pay va ulushlarni qancha miqdorgacha oshirish mumkin?
Davlat unitar korxonasining ustav fondining chegaralari boʻyicha talablar mavjud emas
Korxona 1 yanvardan AJ boʻlayotgani uchun yillar davomida yigʻilgan taqsimlanmagan foyda va rezerv kapitalini ustav kapitaliga kiritib, uni 145,2 mlrd. soʻm qilib shakllantirsa boʻladimi?
Rezerv kapitalidagi mulki va taqsimlanmagan foydani korxona aksiyadorlik yoki boshqa jamiyatga qayta tashkil qilinayetganda shu jamiyatning ustav fondiga kiritsa boʻladi.
Yagona ta’sischisining jamiyatdagi ulushi qaysi summaga va qanday hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi
Shunday buyruqni chiqarish uchun Kuzatuv kengashining roziligini olish kerakmi?
Byudjet tashklotli boʻlmagan korxonalarda asosiy vositalar tugatilayotganda yoki balans qiymati 0 boʻlganda ular mustaqil ravishda korxona raxbari burugʻi bilan xisobdan chiqariladi.
Davlat aktivlari ushbu foydaning 75 foizini dividend sifatida toʻlab berishni talab qilmoqda. Xususiylashtirilgan korxonalar tomonidan davlat aktivlariga dividend ajratmaslik yoki foizlarini kamaytirish mumkinmi? Investor korxonaning yil yakuni boʻyicha foydasini oʻzi mustaqil tasarruf eta oladimi?
Investorlar davlat aktivlari uchun toʻlangan qismiga mutanosib ravishda dividend olishi mumkin.
Respublika davlat ekologik ekspertizasi markazi DUK tarkibida viloyat DUKlarini filial sifatida qayta tashkil qilishda qaysi normativ hujjatlarga amal qilish zarur? Filial sifatida tashkil qilishda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Qayta tashkil etish tartibi VMning 09.02.2017yildagi 66-sonli qarori asosan amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasasi oʻzi tashkil qilgan unitar korxonaga binoni “E-IJRO-AUKSION” platformasi orqali ijaraga bermasdan, mulk huquqini oʻzida saqlab qolgan holda unitar korxona faoliyatini olib borishi uchun unga biriktirib qoʻyishga haqlimi?
Markaz samarali foydalanilmayotgan ob’yektlarni olib, “E-IJRO-AUKSION” platformasi orqali boshqa shaxslarga ijaraga berishi mumkin.
Dizel yoqilgʻisini birja savdolarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilsa boʻladimi?
Dizel yoqilgʻisini monopolist va davlat ulushi 50% boʻlgan korxonalardan birja savdolari orqali, qolgan hollarda esa toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish mumkin.
Davlat ulushi 100% boʻlgan korxona ta’sischining balansidagi avtomashinani ijaraga olishi tartibi qanday? Ijara toʻlovini amalga oshirish kerakmi? Haydovchini fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga olish, avtomashinani ta’mirlash va yoqilgʻi xarajatlari kimning hisobidan qoplanadi?
Davlat ulushi 100% boʻlgan korxona xam avtomashinani ijaraga olib ekspluatatsiya xarajatlarini oʻzi olib boradi.
Korxonamiz xoʻjalik yurituvchi sub’yekt boʻlgani uchun belgilangan yengil avtomobillar soni hamda oylik yoʻl bosish kilometr normalari qanday?
Yoʻl bosish va avtomobillar miqdori VMning 1999 yil 2 apreldagi 154-sonli va 2011 yil 26 maydagi 153- sonli qarorlarida belgilangan.
Bizning korxonamiz MChJ shaklidagi davlat ulushi 100% boʻlgan korxona boʻlib, korxona ustav fondiga kiritilgan avtomashinalarni sotib yubormoqchi. Shuning tartibini tushuntirib bersangiz.
Avtotransport vositalari bilan operatsiyalar, shu jumladan ularni sotib olish va sotish uchun quyidagi harakatlar algoritmini taklif qilamiz:
Davlat ob’yektini xususiylashtirish shartlari
Asosiy faoliyat turini muayyan muddatga saqlab qolish shartlari oʻzaro majburiyatlar toʻgʻrisidagi bitimda belgilanishi mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter