Javob beramiz

Ijtimoiy soliq

Xususiy maktab va bogʻchalar ijtimoiy soliqni 1% stavkada toʻlay oladimi


Prezidentning 11.05.2022 yildagi PQ-241 son qarori 12-bandida nazarda tutilgan ijtimoiy soliqning 1% li pasaytirilgan stavkasi xususiy (nodavlat) maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

YaTTga yollangan ishchining ijtimoiy soliq qarzi


YaTT faoliyati vaqtincha toʻxtatilganda yollanma ishchilarga ijtimoiy soliq hisoblash avtomatik tarzta toʻxtatilmaydi.

Sanoat tashkilotlari uchun ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyoz


Agar sanoat tashkiloti SK 483-moddasi 100-qismi va 99-qismida keltirilgan shartlarga mos kelsa, ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozni qoʻllash


19.09.2025 yildagi PQ-290-son qaror bilan berilgan ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozni Soliq kodeksiga kiritilgandan keyingina qoʻllash mumkin.

Ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozni qoʻllash


19.09.2025 yildagi PQ-290-son qaror bilan berilgan ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozni Soliq kodeksiga kiritilgandan keyingina qoʻllash mumkin.

YaTTning yollanma ishchilari uchun ijtimoiy soliq miqdori


SKga asosan YaTT yuritayotgan faoliyatidan qat’iy nazar, har bir yollanma ishchisi uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaydi.

Hususiy maktabda oʻzini oʻzi band qilish tarzidagi repetitorlik


Tashkilotlar tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni shartnoma asosida bir martalik xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish boʻyicha faoliyatga jalb qilishga yoʻl qoʻyiladi.

Motor yoqilgʻisini chakana sotish bilan shugʻullanuvchi korxona tomonidan 1% ijtimoiy soliq stavkasini qoʻllash


Korxona 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrda ijtimoiy soliqning 1% stavkasini qoʻllashga haqli. 2025 yil 1 yanvardan boshlab korxona imtiyozni faqat qoʻshimcha shart bajarilganda va Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng qoʻllay oladi.

Ijtimoiy soliqni qaytarish kerakmi


Byudjet mablagʻlari oluvchi byudjet tashkiloti maqomiga ega boʻla olmaydi.

Ijtimoiy soliqni 1%li stavkada toʻlash imkoniyati


Agar korxonangiz tomonidan amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari SK 483-m. 20, 21-qismlaridagi talablarga muvofiq kelsa, ijtimoiy soliqni 1%li stavkada toʻlashga haqlisiz.

Ijtimoiy soliqni 1% stavkada toʻlash


Ekspert fikriga koʻra, korxonangizning ushbu faoliyat turini amalga oshirishdan olingan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil qilsa, ijtimoiy soliqni 1% stavkada toʻlashga haqli.

Umumiy ovqatlanish korxonasi uchun belgilangan ijtimoiy soliq 1% stavkasini qoʻllash


Umumiy ovqatlanish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi sub’yekt bu umumiy ovqatlanish sohasida kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va iste’mol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxsdir.

Nogironlarning ish haqi fondidan 4,7% stavkada ijtimoiy soliq toʻlash


Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq toʻlovchilar nogironlarga toʻlanadigan ish haqi fondidan ijtimoiy soliqni 4,7% stavkada toʻlaydilar.

Ish beruvchi kasanachilar daromadi boʻyicha ijtimoiy soliq toʻlaydimi


Ish beruvchi kasanachilarning daromadi boʻyicha ijtimoiy soliq toʻlamaydi.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining soliqqa tortilishi


Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun nafaqa xodimning boshqa daromadlariga kiradi.