Javob beramiz

Aylanmadan olinadigan soliq

Noturarjoydan tekin foydalanishda daromad


Noturar joydan tekin foydalanishdan daromad faqat soliq solish maqsadida aniqlanadi. Buxgalteriya hisobida bunday daromad aks ettirilmaydi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotni naqd pulga sotishda aylanmadan soliq


Mahsulotni naqd pulga sotishdan olingan tushum ham, pul oʻtkazish yoʻli bilan sotishdan olingan tushum ham korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadi hisoblanadi. Bunda aylanmadan soliq stavkasi 4%ni tashkil etadi.

Onlayn-NKMni sotib olishda soliq imtiyozini qoʻllash


Korxonalar foyda soligʻi, YaST yoki qat’iy belgilangan soliq summasini onlayn-NKMni 2021 yil 1 yanvarga qadar soliq organlarida roʻyxatga qoʻyish sharti bilan, uning har birini xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlar summasiga, lekin BHMning 10 baravaridan oshmagan miqdorda kamaytirishi mumkin.

Mol-mulkni ijaraga beruvchi korxona asosiy vositasini sotganida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi


Korxona asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan daromadni ham mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadga nisbatan belgilangan aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 8% boʻyicha soliqqa tortadi (SK 468-moddasi 3-qismi).

Sotuv natijasida tushum 1 mlrd.dan oshsa, aylanmadan soliq toʻlovchisi ushbu sotuvni QQSga tortishi kerakmi?


Agar korxona jami daromadi 1 mlrd.soʻmdan oshmagan boʻlsa, va bu chegara faqat omborxona binolarini sotish natijasida oshsa, binolarni sotish operatsiyasi QQSga tortilmaydi.

Chet el korxonasiga internet tarmogʻi orqali reklama xizmatini koʻrsatishning aylanmadan soliq oqibatlari


Chet el korxonasiga internet tarmogʻi orqali reklama xizmatini koʻrsatishdan daromad aylanmadan soliqqa tortiladi.

QQS toʻlovchisi boʻlgan korxonani aylanmadan soliq toʻlovchi korxonaga qoʻshib yuborilganda, aylanmadan soliq toʻlovchi korxona umumbelgilangan soliq toʻlashga oʻtmaydi


Yoʻq, aylanmadan soliq toʻlovchisi boʻlgan korxona umumbelgilangan soliq toʻlovchisi boʻlgan korxonani oʻziga qoʻshib olishi uning qoʻllayotgan soliq tizimini oʻzgarishiga olib kelmaydi.

Mol-mulkni hadyaga olishda aylanmadan olinadigan soliq


Begʻaraz olingan mol-mulk aylanmadan olinadigan soliqni hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritiladi.

Asosiy vositani sotishdan olinadigan daromadga aylanmadan olinadigan soliq solinishi


Asosiy vositalarni realizatsiya qilishda buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad (foyda) jami daromad tarkibiga kiritiladi. Mazkur summaga aylamadan olinadigan soliq solinadi.

Agentlik shartnomasi boʻyicha daromad olinganda aylanmadan olinadigan soliq stavkasi


Vositachilik xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnomalar, shu jumladan agentlik shartnomalari boʻyicha daromadlar olinganda, 25% stavka boʻyicha aylanmadan olinadigan soliq toʻlanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi


Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari barcha soliq toʻlovchilar (yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar) uchun bir xil miqdorda belgilangan. Ular faoliyat turiga, shuningdek joylashgan joyiga bogʻliqdir.

Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida manfiy gudvillni aks ettirish


Korxonaning boshqa operatsion xarajatlari, sizning misolingizda, manfiy gudvill korxona hisob siyosati belgilangan davr mobaynida bir me’yorda aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solish bazasiga kiritib boriladi.

Kreditorlik qarzdorlikni soʻndirish uchun binoni hisobdan chiqarishdan moliyaviy natija


Ha, soliq oqibatlari vujudga keladi.