Javob beramiz

Bojxona toʻlovlari

Erkin iqtisodiy zona a’zosi boʻlgan korxonalar vositachilik shartnomasi boʻyicha xom ashyo import qilgan taqdirda bojxona imtiyozlari qoʻllanadimi?


EIZ ishtirokchisi xom ashyoni vositachi orqali import qilishi mumkin. Lekin bunda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlardan foydalanish imkoniyati boʻlishi uchun import shartnomasini tuzishda ayrim oʻziga xos tomonlarini hisobga olishi lozim. 

Import qilingan tovarlarni boshqa davlatga eksport qilish mumkinmi?


Import qilingan tovarlarni chet elga realizatsiya qilish qonun hujjatlarida taqiqlanmagan.

1. Agar bojxona toʻlovlari uchinchi shaxslar hisobiga amalga oshirilsa, biz va uchinchi shaxs bojxona organi bilan qanday hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak? 2. Biz uchinchi shaxs bilan shartnoma imzolashimiz kerakmi (Agar bu toʻlov uchinchi shaxs tomonidan bizga tekinga amalga oshirilsa)? 3. Agar toʻlov uchinchi shaxs tomonidan bizga tekinga amalga oshirilgan boʻlsa, biz va uchinchi shaxs tomonidan amalga oshiriladigan buxgalteriya va soliq boʻyicha hisob-kitoblarni tushuntirib bersangiz?


Uchinchi shaxs bilan ikki tomonlama bitim tuzishni maslahat beramiz. Bitimda uchinchi shaxs sizning tashkilotingiz foydasiga bojxona toʻlovlarini toʻlashi shartlarini koʻrsatish kerak, ya’ni korxonangiz foydasiga bojxona bojlarining tekinga toʻlanishini hujjatlar bilan rasmiylashtirib qoʻyish kerak.

Agar imtiyozlardan foydalangan holda olib kelingan xom-ashyo va materiallar AO “Djeneral Motors Uzbekistan” avtomobillarini ishlab chiqarish uchun ishlatilmasa, ular boʻyicha bojxona toʻlovlari qayta hisobga olinib, toʻlab beriladimi?


Ha, Siz imtiyozli shartlarda olib kirilgan va imtiyozlardan foydalanish shartlariga yoʻnaltirilmagan xom – ashyo va materiallar boʻyicha bojxona toʻlovlarini qayta hisobga olib, toʻlab berishingiz kerak.

Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar maqsadli yoki maqsadsizligi BYuDning qaysi qatoridan bilish mumkin?


BYuD bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozning maqsadli yoki maqsadsiz ekanligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni aks ettirmaydi.

Agar biz yagona soliq toʻlovchilari boʻlsak, Germaniyadan importni amalga oshirishda aksiz va QQS soligʻini toʻlashimiz kerakmi?


Yagona soliq toʻlovchilari tovarlarni import qilishda bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqaradilar va toʻlaydilar. (SQ 349-moddasi), bojxona toʻlovlari tarkibiga QQS va aksiz soliqlari ham kiradi.