Javob beramiz
OTM
Oʻrta maxsus ma’lumotli, 10 yillik ish stajiga ega, byudjet tashkilotlarida iqtisod va buxgalteriya yoʻnalishida ishlab kelayotgan xodimlarni oliy ta’lim muassasalarida bakalavrda, sirtqi shaklda oʻqish uchun 2020-2021 yillarda qanday qonunlar chiqarilgan va davlat buyurtmasiga asosan qanday imtiyozlar mavjud?
Tibbiy-sanitariya sohasidan tashqari 2020-2021 yillarga aloxida imtiyozlar belgilanmagan.
Mutaxassisni texnik yoʻnalishdagi oliy ta’limiga ega ekanligi qanday aniqlanadi?
Klassifikator boʻyicha atrof-muhitni muhofaza qilishga oid ta’lim yoʻnalishlari xizmatlar bilim sohasiga kiritilgan.
OOʻYuning talabasi 2018 yil fevral oyidan 2019 yil fevral oyigacha akademik ta’til olishi mumkinmi?
Katta ilmiy xoim-izlanuvchilarga qancha miqdorda stipendiya tayinlanadi?
Tajriba orttiruvchi tadqiqotchining bazaviy lavozim maoshi miqdori 1 120 240 sum etib belgilangan
Talabaning kontrakt tulovini 3-tomonlama shartnomani imzolamagan xolda tulovni (plastik kartalar orkali) amalga oshirish mumkinmi? Agar javob "yuk" bulsa, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonuni talablaridan kelib chikib "Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" buyrukka tegishli uzgartirishlar kiritilishi mumkinmi?
Shartnomada nazarda tutilmagan taraf tomonidan toʻlov amalga oshirilishi uchun kontrakt qayta rasmiylashtirilib, aynan mazkur shaxs toʻlovchi sifatida koʻrsatilishi kerak
Oliy oʻquv yurtini tugatyapman, ishga joylashganligimiz toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasiz bizni malaka ishini himoya qilishga qoʻyishmayapti. Men oʻz xohishimga koʻra ishga joylashishim mumkinmi yoki taqsimot boʻyicha Oʻzbekistonda 3 yil ishlab berishim kerakmi? Byudjet asosida oʻqishga kirgan oʻz diplomini “pul toʻlab qaytib olishi” va oliy oʻquv yurtini tugatishi bilan darhol olib ketishi mumkinmi?
Davlat grantlari asosida ta’lim olgan oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari taqsimot boʻyicha Oʻzbekistonda kamida 3 yil ishlab berishlari zarur.
Oʻqishni tugatishimga 2 oy qolgan boʻlsa ham, oʻqish qiymati oshganligi munosabati bilan OOʻYudagi kontrakt boʻyicha qoʻshimcha haq toʻlashim kerakmi?
Talabalar bilan kontrakt tuziladi, unda tomonlarning majburiyatlari hamda zarur qoʻshimcha shartlar shartlashib olinadi.
Oliy oʻquv yurtini davlat granti asosida 30.06.2012 yilda tamomlagan bitiruvchi 30.08.2012 yilda farzandli boʻlgan. Bitiruvchi ilgari hech qayerda ishlamagan, unga mehnat daftarchasi ochilmagan. Bola tugʻilgandan soʻng 3 yil mobaynida bola parvarishi bilan mashgʻul boʻlgan. Bunday holatda institut diplomning asl nusxasini berishga majburmi yoki yoʻqmi?
Bitiruvchi shu davrda bola parvarishlash ta’tilida boʻlgan boʻlsa, u holda mehnat daftarchasidan koʻchirma taqdim etilgan taqdirda unga diplom beriladi. Boshqa holatlarda diplom berish koʻzda tutilmagan

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter