Javob beramiz

Pasportdagi xatolar

Yangi namunadagi pasportni olganimdan keyin oilaviy ahvol toʻgʻrisidagi shtampda familiya yozilishida xato topdim.


- Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (IIVning AV tomonidan 9.04.1999 yilda 698-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan buyrugʻi bilan tasdiqlangan) 34-bandiga koʻra tuman IIBning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasining biometrik pasportni beruvchi xodimlari oluvchiga pasportga kiritilgan ma’lumotlar va belgilarning toʻgʻriligini tekshirishni taklif qilishlari kerak.