Javob beramiz

Olish, uzaytirish tartib-taomillari

Bu faoliyat uchun litsenziya olishimiz shartmi yoki mahsulotimizni sertifikatlashtirsak, shuning oʻzi yetarlimi?


Qonunchilikka koʻra, parrandalar uchun ozuqa yem ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya talab qilinmaydi. 

Savol: kasalxona hududida joylashgan koʻp yillardan beri ishlab kelayotgan dorixonaga 2015 yil farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya beriladimi? Dorixona litsenziya talablariga moslab qurilgan va jihozlangan.


Dorixona muassasasi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli xujjatlar bilan litsenziyalovchi organ – OʻzR Sogʻlikni saqlash vazirligiga ariza bilan murojaat qilsa farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya beriladi.