Javob beramiz

Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash

Bir vaqtning oʻzida institut rektori va dotsent lavozimlarida ishlash mumkinmi?


Bir vaktni uzida institutda rektori lavozimidagi shaxs dotsent ishini bajarishi mumkin.

Xodim xususiy korxonada 2 ta lavozimda baravariga ish faoliyati olib borishi mumkinmi?


Bitta ish beruvchida asosiy ish vaqtida boshqa ishni yuklatish mumkin. Shuningdek oʻrndoshlik boʻyicha ishlash xam mumkin.

Xodim 2ta korxonada baravariga 1 stavkada ishlashi mumkinmi?


Oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Uni qo'shimcha 0.5 stavka bilan shu korxonaga texnolog lavozimiga qo'ysa bo'ladimi?


Ha, mumkin.

Lavozimning qolgan 0,5 stavkasiga yana boshqa xodimni olish mumkinmi?


Qonunchilikda bitta lavozimda ikkita xodim  0.5 stavkadan ishlashi taqiqlanmagan.

Buni qanday rasmiylashtirsa boʻladi?


Savolda aynan qaysi lavozimdan boshqa lavozimga oʻtkazilishi koʻrsatilmagan, ya’ni asosiy lavozimdan boshqasigami yoki qoʻshimcha lavozimdan boshqasigami.

Shu vaziyatda qanday yoʻl tutish kerak? Davlat xizmatchisiga asosiy ish joyidagi ish vaqtida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga ham ruxsat etilganmi?


Oʻrindoshlik asosida asosiy ishdan boʻsh vaqtda ishlash mumkin.

 

Bosh hisobchiga hisobchi ishini bajarganligi uchun qoʻshimcha ish haqi toʻlash mumkinmi?


Byudjet tashkilotida bosh buxgalter buxgalter ishini ichki oʻrindoshlik asosida bajarishi mumkin.

Bunda faqat lavozim maoshining oʻzidan kelib chiqib toʻlanadimi yoki unga qoʻshimcha toʻlovlar (masalan, uzluksiz ishlagan ish staji uchun ustama va h.k.) ham qoʻshib hisoblanadimi?


Maoshning oʻzidan 50 foizgacha toʻlanadi.

O'sha kishi yana bir boshqa korxonada o'rindosh sifatida ishlashga haqlimi? Ikkinchi korxonadagi ishi uchun ham unga migratsiya agentligidan litsenziya kerak bo'ladimi?


Nizomning 2 bandida koʻrsatilgan xorijiy fuqarolarga korxona ruxsatnoma va tasdiqnoma olishi shart emas. Qolgan xollarda korxona  ruxsatnoma va tasdiqnoma oʻrnatilgan tartibda olishi shart.

Asosiy majburiyatlaridan ozod qilmagan holda qoʻshimcha lavozimni biriktirish


Xodimni uning roziligiga koʻra oʻzining asosiy ishidan tashqari, vakant lavozim boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlarni bajarishga jalb etish mumkin

Men MChJda buxgalter boʻlib ishlab turib, magistraturaga oʻqishga qabul qilindim. Hozir ishni oʻqish bilan birga olib bormoqdaman. Meni oʻrindoshlikka oʻtkazishdi, chunki rahbarning ta’kidlashicha, birinchi oʻrinda – magistraturada oʻqish hisoblanadi. U haqmi?


Ish oʻqish vaqtidan boʻsh paytda bajarilishi kerak deganda rahbaringiz haq. Siz bilan oʻrindosh kabi mehnat shartnomasi tuzish masalasida esa  u xato qilyapti, chunki oʻquv yurti siz uchun asosiy ish joyi hisoblanmaydi.

Oliy ta’lim muassasasining professor-oʻqituvchilari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqishda boʻlgan davrida Oliy ta’lim muassasasi ularning 288 soat oʻquv yuklamalarini oldindan qayta taqsimlaydi. Zimmasiga qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqishda boʻlgan professor-oʻqituvchining 288 soat darsni oʻtish yuklatilgan professor-oʻqituvchilarga ish haqi toʻlanadimi? Agar toʻlansa qancha miqdorda va qay tartibda?


Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazgan pedagoglarga ish haqi toʻlanishi kerak.

Xodimning oʻrindoshlik asosida ishlashida ish vaqtini tabelda qanday rasmiylashtiriladi? Xodimni xizmat safarida boʻlgan kunlari uchun hisoblangan ish xaqidan qaytarish toʻgʻrimi?


Mehnat kodeksining 125-modda 2- qismida (bundan buyon – MK deb yuritiladi), ish beruvchi har bir xodimning(asosiy ish joyi yoki oʻrindosh boʻlishidan qat’iy nazar) haqiqatda ishlagan ish vaqtini, shu jumladan ish vaqtidan tashqari ishlagan vaqtini oʻz vaqtida aniq hisobga olib borishi shart.