Javob beramiz
Kasanachilik
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga a’zo boʻlmagan sub’yekt tomonidan pilla xom ashyosi yetishtirilganda va qayta ishlab sotilganda Prezidentning 29.03.2017 yildagi PQ- 2856 sonli qaroriga asosan kasanachilarga toʻlanadigan daromadlar jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi, yagona ijtimoiy toʻlovdan ozod etiladimi?
Prezidentning 29.03.2017 yildagi PQ-2856 sonli Qaroriga muvofiq JShDS va YaIT boʻyicha imtiyozlarni pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi barcha korxonalar qoʻllashlari mumkin.
Kasanachilarning daromadiga soliq solishda ham EKIHning bir baravari qismi chegirilib tashlanadimi? Agar chegirilmasa va kasanachining daromadi va kasanachi boʻlmagan xodimning daromadi bir xil EKIHning 5 baravarigachani tashkil etsa, bu holatda kasanachi boʻlmagan xodimning daromadiga nisbatan hisoblanadigan JShDS summasi kamroq boʻladimi?
Yoʻq, kasanachilarning daromadiga soliq solishda EKIHning bir baravari qismi chegirilmaydi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 7,5 foiz stavkasi kasanachilarning barcha daromadiga nisbatan qoʻllaniladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter