Javob beramiz
Tovarlarni bojxona chegarasidan olib oʻtish
“B” korxona IM-42 bojxona rejimini uzaytirishga haqlimi? IM-42 bojxona rejimini uzaytirish uchun texnikalardan foydalanib kelinayotganligi yetarlimi? IM-40 rejimiga olmasdan IM-42 rejimida qancha muddat ushlab turish mumkin?
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Qaysi qonunda IM 40 BYuDni viloyat hokimining ruxsati bilan olish koʻrsatilgan?
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish – Oʻzbekiston Prezidenti va Hukumatining vakolati, bu hokimlarning vakolatiga kirmaydi.
Gul urugʻlari, piyozlarini internet doʻkondan olmoqchimiz. Bunday turdagi mahsulotlarni bojxonadan olib oʻtish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, bojxonadan toʻlovsiz qancha miqdorgacha olib oʻtish mumkin? Bojxonadan olib oʻtish tartibi haqida ma’lumot bersangiz.
Ekish materiallari karantin ostidagi mahsulot hisoblanadi va ularni olib kirishga karantin ruxsatnomasi, eksport qiluvchi mamlakatning oʻsimliklar karantini va ularni himoya qilish boʻyicha davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitariya sertifikati yoki guvohnomasi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu holatda jamiyatimizga 2020 yilda import qilinadigan palma yogʻi uchun bojxona boji boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladimi?
Siz xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona sifatida oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mol-mulk olib kirishda imtiyozdan foydalanishingiz uchun ushbu mol-mulkka sertifikat taqdim etishingiz lozim.
Bojxona tizimida KTS nima? KTS xujjatini taqdim etilishi uchun qanday holat va oʻzgarishlar asos boʻla oladi?
Korxona bundan besh yil avval import qilingan texnologik uskunani eksport qilmoqchi. Aytingchi, ushbu holatda korxona texnologik uskuna uchun kelib tushgan valyuta summasining bir qismini majburiy sotishi shartmi va korxona yana nimalarga e’tibor berishi lozim?
Uskuna siz uchun tovar emas, asosiy vosita boʻlsa ham uskunani sotishdan tushgan valyuta tushumining 50%ini majburiy sotish ehtimoli mavjud.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter