Javob beramiz

Ish yuritish

Hozirgi kunda elektron tizimga bosqichma-bosqich o'tilayotgani bois barcha ichki hujjatlarni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlab, ularni qattiq disklarda saqlasak bo'ladimi (ya'ni qog'oz shakldan voz kechib)?


Korxonada, agar bunga imkoniyati boʻlsa  boshqa xujjatlarni xam elektron tarzda saqlash mumkin.

Notoʻgʻri oʻtkazilgan pul mablagʻini qanday tartibda qaytarib olsa boʻladi


Notoʻgʻri oʻtkazilgan pulni qaytarish uchun Davlat xizmatlari markaziga ushbu faktni asoslovchi xujjatlarni ilova qilgan holda xat yuborish kerak.

Ichki auditor malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditor bilan FHSh imzolash mumkinmi?


Ha, mumkin.

1. Faksimil imzoni qaysi hujjatlarda qoʻllasa boʻladi? 2. Faksimil imzoni ustavda qoʻllasa boʻladimi? 3. Buyruq chiqarib, faksimil imzoni buyruqlarda va boshqa ichki hujjatlarda, buxgalteriya hujjatlarida qoʻllash mumkinmi? 4. Buxgalteriyada qanday hujjatlarni qogʻoz variantda tikish kerak? 5. Buxgalteriyada toʻgʻri ishlash uchun buxgalter nimalarga ahamiyat berishi kerak? 6. Korxonada buxgalterga qanday ishlar yuklanishi mumkin va qanday ishlarni buxgalter qilishi kerak emas?


Faksimil imzodan foydalanishga cheklovlar mavjud.

Muddati oʻtgan va umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarishda ta’sischi roziligi


Agar MChJ Ustavida muddati oʻtgan va umidsiz deb hisoblangan debitorlik karzdorliklarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining (yoki yagona ishtirokchining) vakolatiga kirishi koʻrsatilgan boʻlsa, u holda aynan shunday yoʻl tutilishi lozim.

 

Bu qonuniymi?


Buxgalterga ham birinchi, ham ikkinchi imzo huquqini berish mumkin emas.

Ishonchnoma summasini shartnomada yozilgan summadan koʻp miqdorda yozib berish mumkinmi? Yetkazib beruvchidan olinayotgan TMZlarning hisobvaraq-fakturada yozilgan mikdoridan (summasidan) koʻp miqdorga (summaga) ishonchnoma berilishi qanchalik toʻgʻri?


Ishonchnoma shartnoma summasidan oshigʻrogʻiga berilmaydi. Agarda shartnomada tovarlar umumiy miqdori, summasi aniqlashtirilmagan boʻlsa taxminiy summaga ishonchnomani bersa boʻladi.

Ushbu talab toʻgʻrimi?


Ha, toʻgʻri.

Elektron ishonchnomani ishonch bildirilgan shaxsning ERI bilan tasdiqlamasdan, faqatgina direktorning ERI bilan imzolagan holda joʻnatish mumkinligi


Hozirgi paytda, elektron ishonchnoma joʻnatilmaydi, basharti uni yuridik shaxsning ERI hamda javobgar shaxsning ERI bilan tasdiqlashmasa.

Biz ham mijozlarimizga didox.uz saytidagi "Erkin shakldagi hujjat" boʻlimiga shartnomani bir taraflama imzolangan PDF formatida biriktirib joʻnatsak va ular buni qabul qilib olsa, bu hujjat shartnoma qogʻoz shaklini ikki taraf imzolab, muhr qoʻyib rasmiylashtirganga tenglashtiriladimi yoki yoʻqmi? Yoki ushbu harakatni amalga oshirishning boshqacha varianti bormi?


Elektron shaklidagi ERI bilan tasdiqlangan xujjatlar qogʻozda rasmiylashtirilgan xujjatlar bilan bir xil yuridik kuchga ega.

Da’vo ishi yuzasidan yuridik boʻlim boshligʻi ishonchnoma boʻyicha da’volarni imzolash imkoniyati


Ha, ishonchnoma boʻyicha shunday qilishga haqli.

AJ MChJga qayta tashkil etilganda nomlanishda "Oʻz" hosila soʻzidan foydalanish


Siz koʻrsatilgan talablarga muvofiq kelsangiz, korxonangiz oʻz nomidagi "Oʻz" hosila soʻzini qoldirishi mumkin.

Bizning vaziyatimizda hisobvaraq-faktura, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va ishonchnoma rasmiylashtirish majburiyligi qaysi qonunda koʻrsatilgan yoki faqat ishonchnoma olib, hisobvaraq-fakturani bersak ham boʻlaveradimi? Qonunchilikda qaysi hollarda hisobvaraq-faktura bilan bajarilgan ishlar dalolatnomasini ham rasmiylashtirish majburiy?


Qonunchilikda bajarilgan ishlar dalolatnomasini rasmiylashtirish toʻgʻrisida umumiy shartlar yoʻq.

Korxona oʻz shaxsiy standartlarini tasdiqlashi mumkinligi


Korxona oʻz standartlarini lokal hujjat koʻrinishida belgilashi mumkin

Ushbu hujjatlarning saqlanish muddati necha yil va qaysi me’yoriy hujjatga asosan hisobdan chiqarsa boʻladi?


Xujjatlarni saqlash muddatlari.