Javob beramiz

YaST toʻlovchilarning umumbelgilangan soliqlar va toʻlovlar toʻlashga oʻtishi

Tovar qoldigʻidan ajratilgan QQS buyicha buxgalteriya utkazmalarini berish.


Tovar qoldigʻi boʻyicha ajratib olinganda QQS summasi tovarlar qoldigʻining tannarxidan QQS boʻyicha avans toʻlovlar schyotiga oʻtkaziladi. QQS hisob-kitobi AVda 22.03.2013 yilda 2439-son bilan roʻyxatga olingan shaklda tuziladi.

Yalpi tushum tarkibiga nimalar kiradi?


Yalpi tushum tarkibiga nimalar kirishi SKning 355-moddasida koʻrsatilgan. Unga moliyaviy hisobdagi realizatsiyadan tashqari yana ba’zi boshqa koʻrsatkichlar ham kiritilgan. Yalpi tushum korxonalarning bankdagi hisobraqami boʻyicha oborotlardan aniqlanmaydi.