Javob beramiz

Kommunal xizmatlar va XUMSh

Zinapoya panjarasidagi elektr shchitini texnik holati va ta’mirlash boʻyicha javobgarlik


Koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki hisoblangan elektr shchitning holati uchun boshqaruv organi javob beradi, ya’ni buning uchun yo XUMSh, yoxud uy kengashi (koʻp kvartirali uylar mulkdorlar jamoasi tomonidan bevosita boshqarilganda) yoxud boshqaruv kompaniyasi (XUMSh boʻlmaganda) mas’ul boʻladi.

Elektr plitali uylarda hisoblagichsiz tarzda elektr energiyasi iste’molining bir oylik normasi bormi? Agar boʻlsa, qaysi normativ-huquqiy hujjatga asosan hisoblanadi? Toshkent shahrida bunday tipdadagi uylarning roʻyxati bormi?


Qonun hujjatlarida bunday norma belgilanmagan.

Qanday holatda majburiy ijro boʻlimi xodimi tomonidan korxonani (kichik tadbirkorlik sub’yekti)ni elektr energiya tarmogʻidan uzib qoʻyiladi?


Byuro yoki uning taqdimnomasi (koʻrsatmasi) asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi iste’molchilarini Qoidalarda belgilangan hollarda elektr energiyasidan uzib koʻyadi.

Bizning savdo doʻkonimizdan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakilining shirkatga har oylik majburiy a’zolik badali toʻlashimiz haqidagi talabi qonuniymi?


Umumiy mol-mulkni saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarni qoplash uchun yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdorlari (xuddi shunday uy-joy mulkdorlari ham) XUMShga har oylik majburiy badallarni toʻlaydilar.

Bu holatda kvartira mulkdorlari qanday yoʻl tutishlari kerak va shunga oʻxshash vaziyat qanday normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi? Qaysi holatda XUMSh sudga berishga haqli?


Shirkat umumiy mol-mulk qismini ta’mirlash uchun kiritishni ta’minlashga toʻsqinlik qilayotgan mulkdorga nisbatan sudga da’vo bilan murojaat qilishga haqli.

Gaz uchun toʻlov kvitansiyasini qancha vaqt saqlash zarur?


Abonent tomonidan gaz uchun toʻlov kvitansiyasini saqlash muddati qonunchilik bilan tartibga solinmaydi.

Men doim issiq suv va isitish uchun toʻlovni alohida-alohida kvitansiya boʻyicha amalga oshiraman. Lekin 5-son TQB korxonasi toʻlovlarni umumiy, ya’ni issiq suv uchun toʻlangan summani ham issiq suv ham isitishga hisoblashgan. Bu qonuniymi?


Toʻlovni alohida-alohida kvitansiyalar boʻyicha amalga oshirishni talab qilishga iste’molchi haqli emas.

Iste’molchining elektr energiyasi boʻyicha ortiqcha toʻlangan summasini boshqa iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlov sifatida oʻtkazsa boʻladimi?


Ortiqcha toʻlovni boshqa iste’molchi hisobiga oʻtkazishni talab qilish uchun qonuniy asoslar yoʻq.

Uy sotib olganimdan keyin tuman suv ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmadim. Bunday holatda ta’minotchi vujudga kelgan nizo boʻyicha shartnoma shartlarini dalil qilib koʻrsatishi mumkinmi?


Talab qoʻyayotgan tomon faktlar va asoslar keltirishi hamda dalil qilib koʻrsatayotgan holatlarni isbotlashi kerak.