Javob beramiz
Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish
Avvallari DAN tomonidan 1-klass, 2- klass malaka darajasi berilardi. Hozir malaka darajasini kim belgilaydi? Ustama qaysi hujjatga asosan belgilanadi?
Haydovchilarga malaka darajasi va ustama mazkur qonuniy hujjatlar va tartibda belgilanishi mumkin:
Umuman hozirda shu toifadagi oʻqituvchilar (ya’ni oliy ma’lumotga ega emas oʻqituvchilar) maktablarda dars oʻtishga haqlimi?
Oʻrta maxus pedagog ma’lumotga ega boʻlgan shaxs boshlangʻich sinflarda oʻqituvchi lavozimida ishlashga xaqli.
1. Buxgalteriya buyicha malaka oshirish kim tomonidan amalga oshiriladi? 2. Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Davlat test Markazi tomonidan "Kadrlar malakasini oshirishi va kayta tayyorlash" buyicha litsenziyaga ega bulgan(buxgalteriya xisobi buyicha) ukuv markazlari tomonidan malaka oshirishsak buladimi va malaka oshirish buyicha kanday xujjat talab kilinadi(sertifikatmi yoki diplom)? 3. Necha yilda malaka oshirish kerak?
Korxonada attestatsiya oʻtkazilishi rejalashtirildi. Barcha turdagi xodimlarni, ya’ni mutaxas-sislar va xizmatchi lavozimlar, hamda ishchi kasblari xodimlarini (ya’ni telefonist, telegrafist, elektromonter va x.k.) attestatsiyadan savol-javob tarzida bir xil tartibda oʻtkazsa boʻladimi?
Xodimlarning barcha toifalari uchun umumiy koʻrsatkichlar - ma’lumot darajasi, maxsus bilimlar hajmi, mazkur lavozimdagi ish stajidan tashqari har bir tarmoq va guruh uchun baholashning oʻz koʻrsatkichlari va mezonlari nazarda tutilishi kerak.
Agar 1-toifaga ega maktab ukituvchisi attestatsiyaga kasalligi tufayli katnasha olmagan bulsa unga kanday malaka toifasida xak tulanadi? Ustama xaki saklanishi mumkinmi?
Pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ta’limni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki ta’lim muassasalari rahbarlari ma’lumotnomasi) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi. Yoki, mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat (uch oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik, tugʻish hamda bolani parvarish qilish ta’tilidagi pedagog&
Xolam Xorazm shahridagi oʻrta ta’lim maktabida boshlangʻich sinflar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimida ishlaydilar, Urganch davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlaganlar. Xalq ta’limi shahar boshqarmasi tekshiruvga kelib, xolam universitetning boshlangʻich ta’lim mutaxassisligini bitirmaganliklari sababli bu lavozimda ishlashlari mumkin emasligini ta’kidlashmokda. Ularning talablari toʻgʻrimi? Agar shunday boʻlsa, qaysi normativ-huquqiy hujjatda yuqoridagi talab belgilangan?
XTV buyrugʻiga asosan, oliy pedagogik ma’lumot (bakalavr darajasi), axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha bilimlar va chet tillardan biri boʻyicha boshlangʻich bilim, 5 yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji ushbu lavozimga talablar hisoblanadi
Ushbu xodim, ya’ni pedagogik ish staji 5 yilga uzulishga ega bulgan xolda raxbar lavozimiga tayinlanishi mumkinmi?Ushbu lavozimga tayinlanishida mexnat konunchiligi buzilganmi?Konunchilik buzilgan xolatda mas’ul xodimlarga kanday jazo beriladi?
Agar XTVning 191-buyrugʻida nomzod bevosita tayinlanishidan oldin olingan 5 yil uzluksiz stajga ega boʻlishi kerakligi belgilangan boʻlsa, u holda mazkur holatda Sizning nomzodingiz malaka talablariga muvofiq kelmagan, chunki boshqa sohada band boʻlganligi sababli uning staji uzilgan. Agar unday belgilanmagan boʻlsa, nomzodning staji direktor oʻrinbosari lavozimi malaka talablariga muvofiq kelgan.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter