Javob beramiz

Moliyaviy hisobot

Korxonadagi avvalgi davrlardagi xatoliklar uchun oʻsha davrdagi mansabdor shaxslar mas’ul

Buxgalteriya balansining 601 satrida 6810-6820-6830-6840-6950 hisobvaraqlarining qoldiqlari koʻrsatiladimi? Balansning 602 satrida aks ettiriladigan muddati oʻtgan kreditorlik qarzlarini koʻrsatish uchun qaysi hisobvaraq qoldiqlirini kiritish kerak?


Yoʻq, 6810-6820-6830-6840-6950 son buxgalteriya schyotlarining qoldiqlari balansning 601 – satrida aks ettirilmaydi. Shunday ekan, ular buxgalteriya balansining 602-satrida ham hisobga olinmaydi (AV 24.01.2003y. 1209-son).

Soliq tekshiruvi natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlar buxgalteriya hisobida qaysi davrda aks ettirilishi lozim?


Oʻtgan yil hisobot ma’lumotlaridagi (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma’lumotlarini buzishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi.

Futbol klublarida tushum va xarajatlarni yuritish tartibi qanday? Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot qanday toʻldiriladi, unda homiylik yordami aks ettirilishi lozimmi?


Futbol klublarida daromad va xarajatlarni hisobga olish boshqa tijorat tashkilotlarida kabi Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga (OʻzR VMning 05.02.1999 yildagi 54-son qaroriga ilova) muvofiq yuritiladi.