Javob beramiz

Oʻz ehtiyojlari uchun

Smetani lizenziyalangan tashkilot tuzishi shartmi


Korxona oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradigan ichki ta’mirlash yoki qurilish ishlari uchun smeta tuzilganda, xodimlardan hech qanday litsenziya yoki maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi. Smeta korxona rahbari tomonidan tasdiqlansa kifoya.

Xoʻjalik usulidagi qurilish-ta’mirlash ishlarida rasmiylashtiriladigan hujjatlar


Xususiy korxonalar oʻz mablagʻlari hisobidan xoʻjalik usulida ish bajarganda, smeta-resurs normativlari ular uchun majburiy emas, balki tavsiyaviy xarakterga ega (davlat xaridlari bundan mustasno).

Yangi sex qurilishida qurilish materiallari boʻyicha


Agar qurilayotgan sex foydalanishga topshirilgandan keyin realizatsiya qilish oborotlariga QQS solinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishda foydalanilsa, qurilish materiallari boʻyicha "kirish" QQS summasi umumiy belgilangan tartibda hisobga olinadi.

Xoʻjalik usulida qurilish amalga oshirilganida yigʻiladigan hujjatlar


Agar korxona omborxona va ofis binosini xoʻjalik usulida (oʻz kuchi bilan) qurgan boʻlsa, buxgalteriyada qurilish jarayonida ham, qurilish tugallangach ham bir qator hujjatlar rasmiylashtirilishi lozim.

Qurilishda hisobni qanday yuritish kerak


Buxgalteriya hisobi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganda va soliqlar oʻz vaqtida toʻlanganda soliq risklari yuzaga kelmaydi.

Qurilishda smetada koʻrsatilgan TMZ va AVlar ishlatilishi


Smetada koʻrsatilmagan va haqiqatda ishlatilganligi hujjatlarda koʻrsatilmagan mol-mulkni qurilish tugagach ob’yektning boshlangʻich narxiga kiritolmaysiz.

Buzilgan binolar uchun kompensatsiya hisobiga yangi koʻchmas mulk berilganida buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari


Buzilgan binolar egalariga yangi qurilgan koʻchmas mulk berilganida, ularning qiymati 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga hisobdan chiqariladi.

Qurilishi bitkazilgan ob’yektning qiymatini aniqlash


Qurib bitkazilgan sex binosi korxonangiz uchun asosiy vosita hisoblanadi. Ushbu ob’yektning boshlangʻich qiymati uni qurib bitkazishga sarflangan haqiqiy xarajatlar summasiga teng.

Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash xarajatlari hisobi


Qurilish ishlari boshlanishidan oldin ularni amalga oshirmaslikka qaror qilinsa, loyixa-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosi uchun qilingan xarajat qiymati boshqa operatsion xarajatlarga chiqariladi, bunda ushbu xarajatlar summasi foyda soligʻi toʻlovchilarida soliq solinadigan bazadan chegirilmaydi, YaST toʻlovchilarida esa soliq solinadigan bazaga ta’sir qilmaydi.

Tugallanmagan kurilish ob’yekti hisobini yuritish


Tugallanmagan qurilish ob’yekti 0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida hisobga olinadi. Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash ob’yekt asosiy vositalar tarkibiga kiritilganidan keyin boshlanadi. Tugallanmagan qurilish boʻyicha qayta baholash oʻtkaziladi.