Javob beramiz
Toʻlov va hisobot
Maqsadli soliq imtiyozidan foydalanilganlikni hisobotda aks ettirish
Yuk, aks ettirilmaydi. Soliqlar va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlardan maqsadli foydalanganligini tasdiqlash uchun xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar har yili yillik moliyaviy hisobotga qoʻshib davlat soliq xizmati organlariga ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisob-kitobni taqdim qiladilar.
Foizlar koʻrinishidagi daromadni hisobotda aks ettirish
Foiz koʻrinishidagi daromadlarga toʻlov manbaida soliq solinadi. Foizlar summasi foizlar oluvchi korxona tomonidan YaST boʻyicha soliq hisob-kitobining tegishli ilovalarida koʻrsatiladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter