Javob beramiz

Xarajatlarni hisobga olish

Chet ellik jismoniy shaxslarni karantinda saqlashda korxona uchun imtiyozlar


Yoʻq, chet eldan olib kelingan ishchilarni karantinda saqlash uchun mehmonxona xizmatlari koʻrsatilganida korxona uchun soliq imtiyozlari koʻzda tutilmagan.

 

Ijtimoiy soliq 12%dan 1%gacha kamaytirilganida buxgalteriya oʻtkazmasi


Ijtimoiy soliqqa nisbatan ushbu kamaytirilgan stavkani qoʻllashda faqatgina soliq summasi 1% li stavkada hisoblanadi. Buxgalteriya oʻtkazmasi oʻzgarmaydi.

Xususiy korxona jismoniy shaxs foydasiga homiylik toʻlovini amalga oshirsa, qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?


Jismoniy shaxs foydasiga toʻlangan xizmatlar qiymati korxona mulkdori ixtiyorida qoladigan foyda summasidan toʻlansa, soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi, xarajatlar hisobiga toʻlanganda JShDS boʻyicha majburiyat yuzaga keladi.

Dasturlarni yaratishda, xizmat koʻrsatishda buxgalteriya hisobida 9100 schetida tannarx shakllantirish kerakmi?


Ha, dastur yaratish xizmatini koʻrsatish faoliyatida ushbu xizmatlar tannarxining hisobini yuritish zarur.

Xodimlarga tekinga berilgan non qiymatini korxona oʻz xarajatiga olib borishi mumkinmi? Ushbu holatda qanday soliqlar toʻlash kerak?


Ha, korxona xodimlarga bepul berilgan non qiymatini oʻz xarajatiga olib borishi kerak.

1. Direktorimizni oliy ma’lumotli bulishi uchun va firma uchun ishlab berishligi sharti bilan professional ukitib kontrakt pulini (9429) OOO ning administrativ xarajatlariga kiritsa boʻladimi? 2. Direktorning ish haqi, ish kuni va soatlarini oʻzgartirishsiz qoldirib, 8 soatlik ish vaqtini koʻchirsa boʻladimi?

Futbol klublarining buxgalteriyasida futbolchilarni hisobi qanday olib boriladi? Futbolchilarni hisobi qaysi buxgalteriya schyotlarida yuritiladi?


Transfert shartnomasi boʻyicha avvalgi futbol klubning foydasiga toʻlangan kompensatsiya koʻrinishidagi xarajatlar buxgalteriya hisobida 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettirilishi lozim.

Xodimlarning korxona oldidagi qarzlarini davr xarajatlariga olib borish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, hujjatlashtirish tartibi qanday?


Ha, xodimlarning korxona oldidagi qarzini xarajatlarga olib borishingiz mumkin, ammo bunda soliq oqibatlari yuzaga keladi.

Korxona amortizatsiyani SKning 144-moddasida belgilanganidan pastroq normalar boʻyicha hisoblash huquqiga egami? Agar ega boʻlsa, amortizatsiyaning pasaytirilgan normalarini qoʻllash qay tarzda rasmiylashtiriladi, uni faqat hisob siyosatida mustahkamlab qoʻyish yetarlimi?


SKning 144-moddasi bilan asosiy vositalarning eng yuqori amortizatsiya normalari koʻzda tutilgan.

Mahsulot kalkulyatsiyasi hisob-kitobida amortizatsiyani hisobga olish shartmi? Kalkulyatsiyani hisoblashning qanday usullari mavjud?


Mahsulot tannarxi mahsulot turi, ishlab chiqarish turi, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarishning mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, mahsulotlar nomenklaturasiga bogʻliq holda turli xil usullar bilan aniqlanishi mumkin.

Yuk avtomobili uchun yoqilgʻi sarfini qanday toʻgʻri hisoblash mumkin?


Yoqilgʻining umumiy sarfi avtomobilning yuksiz bosib oʻtgan butun masofasi uchun yoqilgʻi sarfi bilan avtomobilning yuk bilan bosib oʻtgan masofasiga qoʻshimcha yoqilgʻi sarfining yigʻindisi sifatida aniqlanadi.

Koʻmir yoqilgʻisini yetkazib berish xarajatlari boʻyicha me’yeriy hujjat bormi