Javob beramiz

Xizmat safari boʻyicha hisob-kitoblar

Xorijga xizmat safari xarajatlarini qoplashda qaysi me’yoriy-huquqiy hujjatga amal qilinadi


2026 yil 12 iyundan boshlab yangi 303-son VMQ bilan tasdiqlangan Nizom amal qiladi, chunki u Moliya vazirining Adliya vazirligida 2730-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan buyrugʻiga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

Xodimga xorijga xizmat safari xarajatlarini qoplashda qaysi me’yoriy-huquqiy hujjatga amal qilinadi


2026 yil 12 iyundan boshlab yangi 303-son VMQ bilan tasdiqlangan Nizom amal qiladi, chunki u Moliya vazirining Adliya vazirligida 2730-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan buyrugʻiga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

Xizmat safarida davridagi dam olish kunlari uchun haq toʻlash


Agar ish vaqti rejimi har ikki tashkilotda (xizmat safariga yuboruvchi va xizmat safariga qabul qiluvchi tashkilotlarda) bir xil boʻlsa va xodim xizmat safari vaqtida dam olish kunlarida xizmat safari joyida ishlagan boʻlsa, ushbu kunlardagi ish uchun haq kamida ikki baravar miqdorda toʻlanadi.

Xizmat safariga faqat xodim yuboriladi


Shaxs xodim maqomini faqat mehnat shartnomasi asosida oladi.

Xizmat safari davriga toʻgʻri kelgan dam olish kunlariga haq toʻlanadimi


Ushbu vaziyatda xizmat safari davriga toʻgʻri kelgan dam olish kunlariga haq toʻlash xodim bu kunlarda ishlagan yoki ishlamaganligiga bogʻliq.

Xorijga xizmat safarida qoplab beriladigan xarajatlar va soliq oqibatlari


Xodim Oʻzbekiston  Respublikasi  tashqarisiga  xizmat safariga yuborilganida, unga sutkalik xarajatlar, yashash uchun (turar joy ijarasi boʻyicha) xarajatlar, transport xarajatlari, vakillik xarajatlari, koʻzda tutilmagan xarajatlar va Nizomga muvofiq qoplanishi lozim boʻlgan xizmat safarining boshqa xarajatlari qoplab beriladi.

Xizmat safari xarajatlarini qoplab berish


Xodim xizmat safaridan qaytib kelganidan keyin 3 ish kunidan kechiktirmay, korxona buxgalteriyasiga boʻnak hisobotini taqdim etishi kerak. Xarajatlarni qoplab berish shu hisobot asosida amalga oshiriladi.

Chet el xizmat safari rasmiylashtirilishi va xarajatlar qoplab berilishi


Xodimni chet elga xizmat safariga yuborishda bir qator hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Kundalik xizmat safari xarajatlarining me’yor doirasidagi va me’yordan ortiq qismini aniqlash


Agar xodimingiz xizmat safari davrida ovqatlanish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni (cheklar) taqdim etsa, me’yor doirasidagi kundalik xizmat safari xarajatlari kuniga BHMning 0,35 miqdorida deb tan olinadi. Bugungi kunda bu 131 250 soʻm. 98 750 soʻm (230 000 – 131 250) esa normadan ortiq kundalik xarajatlar deb tan olinadi.

Yashash uchun xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda chet el xizmat safari xarajatlarini qoplash


Chet el safari chogʻidagi sarf-xarajatlarni qoplash AVda 19.11.2015 yilda roʻyxatga olingan Nizomga asosan amalga oshiriladi.

Chet el xizmat safari davridagi xarajatlarni tan olish


Chet elga xizmat safari davridagi sutkalik xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmaydi. Shu sababli unga aynan nimalar kirishini aniqlashtirishning hojati yoʻq.

Soliq solish maqsadlarida xorijiy xizmat safari xarajatlarini qanday aniqlash kerak


 Xizmat safari xarajatlarining har bir turi alohida koʻrib chiqilgan. Foyda soligʻini hisoblashda xarajatlarni chegirish uchun reja-topshiriq va hisobot tuzish kerak.

Ovqatlanish cheklari taqdim etilmaganida, sutkalik pul qancha toʻlanadi


Agar davlat muassasasi xodimlari xizmat safari davrida umumiy ovqatlanish ob’yektlarida xarid amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (cheklarni) taqdim eta olmasalar, ularga kundalik xarajatlar (sutkalik) uchun kuniga BHMning 0,1 qismi miqdoridagina kompensatsiya toʻlanadi.

Safar xarajatlari hisobi


Odatda, safar xarajatlari deganda xodimning xizmat safari xarajatlari tushuniladi.

Xizmat safari davri uchun toʻlanadigan ish haqi


Xodim xizmat safarida boʻlgan davr uchun unga oʻrtacha ish haqi yoki tarif stavkasi (maosh) toʻlanadi.