Javob beramiz

Fuqarolik bitimlari

MTMga kanselyariya tovarlarini olib berishimiz kerakmi?


Ota-onalar kanselyariya tovarlarini sotib olib, MTMga berishga majbur emas.

MChJning ishlab chikarish faoliyatida maxsulot detalini (bir kismini) jismoniy shaxsdan sotib olinishga majbur boʻlyapmiz. Qonunchilikka koʻra, bu holatda qaysi tartibda va qanday shartnoma asosida MChJ jismoniy shaxsdan mazkur maxsulotni olishi mumkin.


Jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishi lozim. Agarda oldi-sotdi munosabatlariga kirishayotgan jismoniy shaxs ushbu munosabatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida emas balki oʻzida mavjud boʻlgan ma’lum bir mahsulotni sotish maqsadida kirishgan boʻlsa, va bu tizimli ravishda amalga oshirilmasa, bu holatda jismoniy shaxs bilan yakka tartibdagi tadbirkor emas, balki fuqaro sifatida shartnoma tuziladi.