Javob beramiz

Kirishi

Kassa cheklarida sotilgan, ammo ombor hisobida mavjud boʻlmagan tovarlarni qanday rasmiylashtirish kerak


Korxona tovarlarning haqiqiy harakatini tekshirishi va buxgalteriya hisobini tiklashi lozim.

Inventarizatsiya vaqtida ortiqcha topilgan yaroqli va yaroqsiz ehtiyot qismlar kirimi


Agar inventarizatsiya natijasi hisobga olinmagan yaroqli va yaroqsiz ehtiyot qismlar aniqlangan boʻlsa, ularning joriy qiymati aniqlanib, ushbu qiymat boʻyicha kirim qilinadi.

Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan chiqindilar hisobi


Qaytariladigan chiqindilar tannarx yoki  realizatsiya qilishning sof qiymatining eng pasti boʻyicha hisobga olinadi.

Qaytariladigan chiqindilar hisobi


Qaytariladigan chiqindilar ishlab chiqarishga berilsa, ularning qiymati 2010 “Tugallanmagan ishlab chiqarish” hisobvaragʻiga, agar sotilsa 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻiga hisobdan chiqariladi.

Tonnada yoqilgʻi olindi


Tonnadan litrga oʻtish uchun nisbiy ogʻirlik(zichlik) koʻrsatkichidan foydalaning

Materiallarni 1010-1090 schyotlariga kirim qilish


Korxonaga tegishli boʻlgan xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idishbop materiallar, inventarlar, xoʻjalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 1010-1090 schyotlarida amalga oshiriladi.

Daraxt koʻchatlarini buxgalteriya hisobiga kirim qilish


Sotib olingan daraxtlarning koʻchatlari TMZ sifatida 1090 «Boshqa materiallar» schyotiga kirim qilinadi.

Tovarni tashib keltirish bilan bogʻliq xarajatlar hisobi


Import qilingan TMZlar tannarxini shakllantirishda, ularni tashab keltirish bilan bogʻliq xarajatlar ham tannarxga kiritiladi.

Import qilingan xom ashyo qaysi qiymatda kirim qilinadi


Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi boʻyicha kiritiladi hamda ular xarid qiymatini (yetkazib beruvchiga toʻlanadigan summa) va xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni oʻz ichiga oladi.

Asosiy vositalarni tugatishda olingan TMZlarni kirim qilish


Tashkilot tomonidan asosiy vositalar chiqib ketishi natijasida olingan TMZlarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Import qilingan tovarni kirim qilish


Korxona buxgalteriyasiga toʻgʻri rasmiylashtirilgan BYuDlar kerak.

Hisobdor shaxs naqd pulga TMZ sotib olishini hujjatlashtirish va buxgalteriya oʻtkazmalari


Naqd pulga TMZlarni xarid qilgan hisobdor shaxs qorxonaga qilingan xarajatlar toʻgʻrisida hisobot topshirishi shart. Ushbu hisobotga TMZlar sotib olinayotganida rasmiylashtirilgan hujjatlar ilova qilinadi.

Birja orqali sement sotib olishda buxgalteriya oʻtkazmalari


Birja korxonangiz tomonidan toʻlangan pulni oʻzida olib qolmaydi, sotuvchiga joʻnatadi, aks holda sotuvchi korxona tovarni sizga yetkazmas edi. Sizning vaziyatingizda buxgalteriya oʻtkazmalarini notoʻgʻri berilgan.

Bepul olingan TMZlarni balansga kirim qilish


Bepul olingan TMZlar balansga kirim qilish sanasidagi bozor qiymati boʻyicha hisobga olinadi.

Buxgalteriya hisobini yuritish dasturida oʻlchov birliklarini qoʻllash


Tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobining birligi zaxiralar toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish hamda ularning mavjudligi va harakati ustidan lozim darajada nazoratni ta’minlash maqsadida tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi