Javob beramiz
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar
Kompyuter ta’mirlash va texnik xizmat koʻrsatish korxonasi OʻzR Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325 sonli qarorida belgilangan YaSTdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni qoʻllashi mumkinmi, va qaysi paytdan qoʻllashi mumkin?
Korxonangizning asosiy faoliyati kompyuter va printerlarni ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatishdan iborat boʻlsa, ushbu qarrorda koʻrsatilgan imtyozdan foydalanishingiz mumkin.
Korxona qanday soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin?
Korxonaning oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish oborotlari QQSdan ozod
1.Agar korxona mazkur uskunani belgilangan uch yil ichida mahalliy korxonaga sotsa, imtiyoz qoʻllangan QQS va bojxona boji summalarini byudjetga toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklanadimi? 2. Korxona mazkur uskunani ustav kapitalini shakllantirish maqsadida bersachi?
Agar korxona ushbu uskunani maxalliy korxonaga sotsa, yoki ustav kapitalini shakllantirish maksadida boshka korxonaga bersa ushbu imtiyozlar buyicha solik va tulovlarni tulash majburiyati tiklanmaydi.
Xozirgi kunda korxonamiz tomonidan ishlab chikarilgan uruglik bugʻdoyni fermer xoʻjaliklarga sotishda ushbu karorni qoʻllashimiz toʻgʻrimi?
1. B tashkilot 750 000 AQSh dollar debitorlik qarzdorlikni S qoʻshma korxonaning ustav fondiga yoʻnaltirish orqali S tashkilotdagi oʻz ulushini shakllantirishi soliq imtiyozlaridan foydalanish maqsadida AVda 26.08.2016 yilda roʻyxatga olingan 2822-sonli Nizom shartlariga toʻgʻri keladimi? 2.S qoʻshmakorxonasi 2017-2018 yilda YaST boʻyicha SKning 356-moddasidagi imtiyozdan foydalanishga haqlimi?
Yoʻq, toʻgʻri kelmaydi. Xorijiy investitsiyalar erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qoʻyilgan boʻlishi lozim
Agar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi korxona boshqa tumandan bino sotib olib, ushbu binoda yangi klinika va mehmonxona barpo etish maqsadida qurilish ishlarini olib borsa, shu bino va u joylashgan yer uchastkasi uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlashi kerakmi?
Hozirda korxonangiz boshqa tumandagi qurilish ishlari amalga oshirilayotgan ob’yekt boʻyicha yer soligʻini toʻlashi kerak.
1. Ichki turizm boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan sanatoriy alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish uchun litsenziya olishi kerakmi? 2. Ichki turizm boʻyicha imtiyozlar bormi? 3. Ichki turizm boʻyicha litsenziyaga ega sanatoriyning kafe va choyxonasida koʻrsatilayotgan xizmatlar qanday soliq oqibatlarini keltirib chiqaradi?
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotishga litsenziya emas, ruxsatnoma olish kerak.
"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi a’zosi boʻlgan korxona ishlab chiqarishda kerakli furnitura va aksessuarlarni "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi a’zosi boʻlmagan ulgurji savdo korxonasidan nol stavkali QQS bilan xarid qilishi mumkinmi?
Prezidentning 2011 yil 28 martdagi PQ-1512 sonli qarori 1-1-bandida keltirilgan toʻqimachilik yarim fabrikatlarini nol stavkali QQS bilan xarid qilish huquqi "Oʻzbekengilsanoat" AJ a’zosi boʻlgan korxonalarga berilgan. Agar korxonangiz "Oʻzbekengilsanoat" AJga a’zo boʻlsa, u holda bu imtiyozdan foydalanishi mumkin.
Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozga ega korxonaning boshqa daromadlari ham imtiyoz qoʻllanadimi?
Agar korxonangiz ushbu imtiyozdan foydalanish huquqiga ega korxonalar toifasiga kirsa, uning boshqa daromadlariga ham, jumladan, kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olgan daromadiga ham YaST boʻyicha imtiyoz qoʻllanadi.
1.Dorixonalarda sotiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning qaysi turlari QQS soligidan ozod etilmagan ya’ni imtiyozga ega emas? 2.Ushbu dori vositalari yoki tibbiy buyumlarga nisbatan necha foiz QQS qoʻllaniladi?
Dori vositalari va tibbiyot uchun moʻljallangan buyumlarni realizatsiya qilish oborotlari QQSdan ozod qilingan. Yil yakuni boʻyicha tushumi 3 mlrd.soʻmdan ortiq boʻlgan korxonalar QQSni 20% stavkada toʻlaydi.
1.2019 yilda ishchi soni 300tadan ortiq boʻlsa ham 2687 sonli qaror bilan mol-mulk va foyda soligʻi boʻyicha imtiyozdan foydalansa boʻladimi? 2.Ichki bozorga sotilgan hajm boʻyicha ham foyda soligʻi toʻlanmaydimi?
Korxonangiz 21.12.2016 yildagi PQ-2687 sonli qarorda belgilangan talablarga javob bergan taqdirda, soliq imtiyozlaridan foydalanishingiz mumkin.
Bizning MChJ AQSh dollarida yoki YeVROda xorijiy investitsiyalarni jalb qilsa, AVda 26.08.2016 yilda 2822-son bilan ruyxatdan oʻtgan NIZOMda koʻrsatilgan imtiyozlardan foydalanuvchi korxonalar roʻyxatiga kiradimi?
AVda 26.08.2016 yilda 2822-son bilan roʻyxatdan oʻtgan Nizomda koʻrsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun korxona mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sohalardan biriga ixtisosashgan boʻlishi va belgilangan talablarga javob berishi lozim.
1.Erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari qaysi soliq va majburiy toʻlovlardan ozod qilingan? 2.Erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi soliq va majburiy toʻlovlardan ozod qilinishi uchun qaysi hujjatlar asos boʻladi va ularni qaysi tashkilot yoki organga taqdim etish lozim?
EIZ ishtirokchilariga yer soligʻi, mulk soligʻi, daromad soligʻi, YaST, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan. Ulardan foydalanish uchun belgilangan shartlar bajarilishi lozim.
TURON PROFESSIONAL FUTBOL KLUBI" MChJ qanday soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 mart kungi PQ-3610-son qaror bilan berilgan soliq imtiyozlari mazkur MChJga tatbiq etiladimi?
Agar sizning MChJ qonun hujjatlariga asosan haqiqatda ham professional futbol klubi boʻlib hisoblansa, u holda Prezidentning 16.03.2018 yildagi PQ-3610 sonli qarorida belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanishingiz mumkin.
1. Jamiyat oʻz ishchi-xodimlariga yordam tariqasida kuz-qish mavsumi uchun yordam puli bersa, ushbu pullardan ham ish haqiga oʻxshab ajratmalar ushlanadimi? 2. Buxgalteriya oʻtkazmalari qanday beriladi?
SKning 178-moddasida koʻrsatilgan moddiy yordam tarzidagi summalar soliq davrida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda JShDSga tortilmaydi. Moddiy yordam tarzidagi daromadlar YaIT hamda sugʻurta toʻloviga tortilmaydi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter