Javob beramiz
Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi
Ushbu vaziyatda korxonamizga qanday jarimalar qoʻllaniladi, kirim qilinmagan va amalda yoʻq boʻlgan mahsulot (telefon) hisobini buxgalteriyada qanday aks ettiramiz?
Soliq toʻlov intizomi buzilganligi uchun ogohlantirish berilishi yoki jarimaga tortish uchun soliq organlari tomonidan yechib olingan soliq summasi miqdori qancha boʻlishi kerak?
Ushbu holatda bosh hisobchiga kanday jazo choralari koʻrilishi mumkin?
Ushbu huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, mansabdor shaxslarga EKIH oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi
Mazkur holatda tadbirkorlik sub’yektiga SK 114-moddasi buyicha jarima qoʻllaniladimi yoki SK ning 109-moddasi 4-qismiga asosan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan ozod qilinishi lozimmi?
Agar soliq toʻlovchi birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan boʻlsa va qonun hujjatlarida belgilangan muddatda moddiy zararning oʻrnini qoplagan, shu jumladan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlagan boʻlsa, unga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanmaydi (penyadan tashqari).
1.Soliqlar, bojxona va byudjetga majburiy toʻlovlardan ozod etish natijasida boʻshagan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot oʻtgan yillar uchun topshirilmagan boʻlsa, ularni hozirda barcha davr uchun topshirish kerakmi? 2.Mablagʻlardan maqsadli foydalanilganligini qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirish kerak (rahbar buyrugʻi, komissiya bayonnomasi yoki boshqa)? Imtiyozdan foydalanish davrida imtiyoz natijasida boʻshagan mablagʻlar hisobiga yigʻilgan qoldiqni qanday tartibda hisobdan chiqarish mumkin?
Korxonamiz hisob raqamidan oʻz xizmat vakolatidan foydalangan holda soliq idorasi xodimlari asossiz undirgan mablagʻlar uchun soliq xodimlariga nisbatan qonun doirasida qanday chora koʻriladi?
Agar Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari oʻz gʻayriqonuniy harakatlari bilan fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazadigan boʻlsa unda ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.
Korxona tomonidan byudjetga xodim uchun toʻlangan summani, agar bunda chegirmalar summasi hisoblab yozilgan daromadlar summasiga nisbatan 50 foizdan ortiqni tashkil etsa, xodimning arizasi mavjud boʻlsa, ma’muriy jarima summasini ushlab qolsa boʻladimi? Agar korxona xodimning ish haqidan chegirib qolinishi lozim boʻlgan jarima summasini qoplasa, xodim va korxonaning soliqlar boʻyicha majburiyatlari qanday boʻladi?
Ha, mumkin, basharti xodimning arizasi mavjud boʻlsa, chunki xodim barcha majburiy chegirmalardan keyin qolgan oʻzining mablagʻlarini tasarruf etishga haqli.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter