Javob beramiz
Moliyaviy investitsiyalar hisobi
Qoʻshma korxona va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona oʻrtasida qanday farq mavjud, qanday soliq imtiyozlari mavjud?
Qoʻshma korxona yoki chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona degan yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli mavjud emas.
A tashkilot oʻzi investitsiya kiritgan S tashkilotga qoʻshilish jarayonida A tashkilotda 0690 schet qanday yopiladi? 2. A tashkilot S tashkilotga qoʻshilish jarayonida A tashkilotda soliq tekshiruvlari oʻtkaziladimi, yoki S tashkilotda voris boʻlganligi sababli oʻtkaziladigan rejali tekshirish vaktida A tashkilotni tekshirishdan oʻtkazilmagan davri ham qoʻshimcha tekshiriladimi? 3. A va S tashkilotning qoʻshilishi jarayonida A va S tashkilotlarda qanday soliq oqibatlari vujudga kelishi mumkin?
A tashkilotda 0690 schet oʻzi investitsiya kiritgan S tashkilotning 83 scheti bilan qoʻshilish jarayonida oʻzaro yopiladi. “A” tashkilotda soliq tekshiruvi oʻtkazilishi kerak emas. Soliq oqibatlari yuzaga kelishi mumkin, agar qoʻshilish jarayonida A korxona aktivlari voris korxonaga ularning hisobdagi qiymatidan yuqori narxda berilsa.
Toʻliq bajarilgan investitsiya majburiyatlari investitsiya kiritilgan tashkilot buxgalteriya balansining passivida qaysi satrida aks ettiriladi: majburiyatlardami yoki xususiy kapitaldami? Valyuta kursi farqi boʻyicha qayta baholanadimi (savol faqat balansning passiv qismi boʻyicha)?
Investitsion faoliyat ob’yekti hisoblangan korxona xorijiy investitsiyalar hisobini amalga oshirishda investitsiyalarni hisobga oluvchi schetlarga nisbatan kayta baxolashni amalga oshirishlari lozim, jumladan, investor tomonidan kiritilgan vositalarning maqsadli ishlatilishi hisobini kursatadigan 8890 "Boshqa maqsadli tushumlar" schetni ham.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter