Javob beramiz

Daromadlarni hisobga olish

Korxona ikki xil faoliyat turini amalga oshirganida alohida-alohida buxgalteriya hisobini yuritish, soliq solish

Yangi yil sovgʻalarini tayorlash uchun boshqa korxonadan xoʻl meva, har-hil oʻyinchoqlar, shirinliklar, konfetlar sotib olib ularni bitta qutiga mijozinig talabiga binoan donalab solib Yangi yil sovgʻasi sifatida tayorlab bersak (schet-fakturada yangi yil sovgʻasi deb yozib bersak) ulgurji savdo faoliyati deb hisoblanmaydimi? Bunda qanday soliq oqibatlari kelib chiqishi mumkin?


Qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir faoliyat savdo faoliyati hisoblanadi.

Xususiy korxona rahbari (ta’sischisi) korxona ixtiyorida qolgan foydani oʻzining shaxsiy plastik kartochkasiga tashlab, oʻz ehtiyoji uchun foydalanishi mumkinmi? Ushbu summadan soliq hisoblanadimi?


Xususiy korxona rahbari (ta’sischisi) korxona ixtiyorida qolgan foydani oʻzining shaxsiy plastik kartochkasiga tashlab, oʻz ehtiyoji uchun foydalanishi mumkin va bunda soliq oqibati yuzaga kelmaydi.

Bankdagi depozit qoʻyilma qarz shartnomasi deb e’tirof etiladimi? Depozitga qoʻyilgan mablagʻlar boʻyicha toʻlanayotgan yillik 9 foizlik ustama haqiga soliq solish tartibi qanday? Bunda SKning 135-moddasida nazarda qoidalar qoʻllaniladimi?


Korxonangizda bankka depozit shartnomasi asosida qoʻyilgan qoʻyilmalar, ulardan olinadigan daromadlar yuzasidan soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

Korxona ehtiyot qismlar ustiga qoʻyiladigan ustama (natsenka) miqdorini oʻzining moliyaviy xoʻjalik faoliyatidan kelib chiqqan xolda belgilashi mumkinmi?


Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlardan tashqari barcha tovarlarga korxonalar ustama miqdorini mustaqil belgilashga haqli.

Foizsiz qaytarish sharti bilan olingan moliyaviy yordamdan boshqa daromad summasi qanday aniqlanadi?


Qaytarib berish sharti bilan foizsiz moliyaviy yordam olgan yuridik shaxslar (qarz oluvchilar) soliq solish maqsadida moliyaviy yordamni olish sanasidagi OʻzR MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda daromadni aniqlaydilar.

MChJ qaytarish sharti bilan olgan moliyaviy yordam uchun biror bir foiz hisoblanadimi?


Soliqqa tortish maqsadida korxonangizda tekin olingan mulkiy huquqlar koʻrinishdagi daromad yuzaga kelganligi sababli ushbu daromad summasini hisoblab chiqarish uchun qarz olingan sanadagi Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan foydalaniladi.

1. Auksion orqali sotilgan asosiy vositlar uchun toʻlovlar tashkilotning hisob raqamiga qanaqa tartibda kelib tushadi? 2. Asosiy vositalarni sotishdan olingan daromadning 50% maxalliy byudjetga qanaqa tartibda oʻtkaziladi? 3. Auksion orqali sotilgan asosiy vositalarni tashkilot xodimlari sotib olishgan boʻlsa, toʻlovlar ularning ish haqi hisobidan koplanishi mumkinmi?


Asosiy vositalarni sotishdan tushgan mablagʻlarning 50% tegishli byudjet daromadiga oʻtkazilgandan soʻng qolgan 50% tashkilotning hisob raqamiga oʻtkazilishi mumkin.

Shartli misollar asosida qarz oluvchida yuzaga keladigan foizsiz zayomlar boʻyicha daromad summasi qanday aniqlanadi, qaysi stavkada soliq toʻlanadi, foizsiz zayomlar boʻyicha daromadga qanday buxgalteriya provodkalari beriladi va ushbu daromad summasi qaysi soliq hisobotida aks ettiriladi?


Qarz oluvchining foizsiz zayomlar boʻyicha hisoblangan daromadlari boshqa daromadlar tarkibiga qoʻshiladi va qarz oluvchi asosiy faoliyati boʻyicha qanaqa soliq turini toʻlayotgan boʻlsa oʻsha soliqning soliq solinadigan bazasiga qoʻshilgan holda soliqqa tortiladi.

Foizli qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam berishda albatta Markaziy bankning 9% miqdorida belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasini (yoki undan kam boʻlmagan stavkani) qoʻllash shartmi? Agar 10.06.2016 yildan 10.09.2016 yilgacha boʻlgan muddatga yillik foiz toʻlovi 1% belgilangan qarz berilsa, soliq oqibatlari va buxgalteriya yozuvlari kanday buladi?


Qarz summasiga foizlar miqdori taraflar kelishuviga asosan belgilanadi va shartnomada aks ettiriladi.

Toshkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi foydasiga undirilgan neustoyka summalaridan qaysi maqsadlarda foydalanish mumkin hamda uning tartibi toʻgʻrisida tushuntirish bering?


Kompaniyangiz byudjet tashkiloti hisoblanishidan kelib chiqib, mazkur holatda  Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 13 noyabrda 2400-son bilan roʻyxatga olingan “Byudjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi nizom”ga asosan ish yuritishingiz maqsadga muvofiq.

1. Avtomobillarni yuvish xizmatidan tushgan daromadni aks ettirish tartibi qanday? 2. Xarid qilingan materiallardan boʻshagan qaplardan tikilgan sumkalarni sotishdan koʻrilgan daromadlarni buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?


Korxonaning avtomobillarni yuvish xizmatidan koʻrgan daromadlari  hisobi 9030 «Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar» schetida yuritiladi.

Ishdan ketganiga uch yildan ortiq vaqt oʻtgan ishchi xodimlarning kreditorlik karzdorliklarini hisobdan chiqarish paytida qanday buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi va qanday soliq turlari hisoblanadi?


Hisoblangan, ammo qandaydir sabablarga koʻra toʻlanmagan ish haqi korxonaning kreditor qarzdorligi deb tan olinib, 6720 “Deponentlangan ish haqi” yoki 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyotida har bir xodim boʻyicha alohida da’vo muddati tugagunga qadar hisobga olinadi.

Oʻz xoʻjalik ehtiyojlari uchun olingan ehtiyot qismlarni realizatsiyasi buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi – 92.20 yoki 90.20 schyotning kreditida? Oʻz ehtiyojlari uchun olingan ehtiyot qismlarni realizatsiya qilish oboroti byudjetdan tashqari jamgʻarmalarning majburiy ajratmalariga tortiladimi (yoʻl jamgʻarmasi, maktab jamgʻarmasi, pensiya jamgʻarmasi)?


Materiallarni chetga sotish (1000) «Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar»ning krediti va (9220) «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotining debetida aks ettiriladi.