Javob beramiz
JShDS
Superkontrakt toʻlanganida JShDSdan imtiz qoʻllash mumkinligi
Ha, xodimning 26 yoshga kirmagan farzandi oliy oʻquv yurtida oʻqishi uchun superkontrakt summasini ish haqi hisobidan toʻlab berilsa, JShDSdan imtiyoz qoʻllash mumkin.
Oliy ta’lim muassasasida oʻqish uchun kontrakt toʻlovi boʻyicha JShDSdan imtiyoz
Agar sizning vaziyatingizda ta’lim krediti talabaning nomiga rasmiylashtirilgan va korxona hozirda uning ish haqini kreditni (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirayotgan boʻlsa, ushbu ish haqi soliqqa tortilmaydi.
Ustav fondidagi ulushning bir qismini sotib olishda daromad vujudga kelmasligi
Yoʻq, korxonaning sof aktivlari qiymati va yangi ishtirokchining ulushni sotib olish summasi orasidagi farq yangi ishtirokchining daromadi hisoblanmaydi.
Chorva mollarini bozordan naqd pulga sotib olish mumkinligi
Ha, korxona aynan shunday yoʻl tutsa boʻladi. Buning uchun xizmat koʻrsatuvchi bankdan chek orqali naqd pul olinadi.
Rahbarning avtomashinasiga korporativ kartadan benzin sotib olishning soliq oqibatlari
Rahbarga tegishli avtomashinaga korporativ kartadan benzin sotib olish taqiqlanmagan. Lekin buning soliq oqibatlari mavjud.
Yuridik shaxsdagi ulushni tekinga olishda JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash imkoniyati
Yoʻq, 2019 yilda akangizning oʻgʻlidan unga tegishli yuridik shaxsdagi ulushning bir qismini hadya sifatida olganingizda JShDS boʻyicha soliq imtiyozini qoʻllash huquqingiz boʻlmagan
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini naqd hisob-kitob boʻyicha xarid qilish qanday rasmiylashtiriladi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun toʻlov jismoniy shaxs uchun - bu boshqa daromad
Jismoniy shaxsdan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini naqd pulga sotib olish imkoniyati va buning soliq oqibatlari
Uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar JShDSga tortilmaydi.
Ipoteka krediti asosida uy-joy olinganida JShDS boʻyicha imtiyoz
Yoʻq, qoʻllanilmaydi, PQ-2660 son qaror boʻyicha imtiyoz 2021 yil 1 yanvardan bekor qilingan.
Rezident jismoniy shaxslar va ular uchun JShDS stavkalari
Korxona direktori qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qati nazar, oxirgi 12 oy davomida jami 183 kalendar kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida boʻlganda, u Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb hisoblanadi.
SK 369-moddasiga koʻra jismoniy shaxslarga toʻlovlar JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettirilmasligi
SK 369-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida keltirilgan jismoniy shaxslarga toʻlovlar soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydi. Shu sababli JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettirilmaydi.
YaTTga soliq solish
YaTT 2021 yil sentyabr oyida tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, 2021 yil oktyabr oyidan e’tiboran qat’iy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni amalga oshiradi.
Bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarishlash uchun har oylik nafaqa puli soliqqa tortilmasligi
Yoʻq, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarishlash uchun har oylik nafaqa puli soliqqa tortilmaydi.
Xorijiy OTMda ta’lim olish uchun kontrakt summasi toʻlanganida JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllash
Ha, xodimning ish haqi 26 yoshga kirmagan farzandining Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy universitetda oʻqishi uchun yoʻnaltirilsa, JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladi.
Jismoniy shaxslarga toʻlangan vositachilik haqiga soliq solish
Agentlarga toʻlangan vositachilik haqi ijtimoiy soliq, JShDS va FJBPTga majburiy ajratmalarga tortiladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter