Javob beramiz

Boshqa soliqlar va toʻlovlar

2021 yilda umumiy ovqatlanish korxonalari alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun yigʻim miqdori


2021 yilda umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun undiriladigan bir oylik yigʻim miqdori 25.12.2020 yildagi OʻRQ-657-son Qonunga 9-ilovada belgilangan.

1. Tibbiy xizmat va turizm bilan shugʻullanuvchi korxona atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlovchisi hisoblanadimi? 2. Agar hisoblansa, imtiyozga egami? 3. Korxona kompensatsiya toʻlovchi sub’yekt qaysi toifasiga kiradi? 4. Kompensatsiya toʻlovi amalga oshirilmagan yillar uchun qanaqa hisob-kitob qilinadi?


Ha, korxonangiz koʻrsatilgan kompensatsiya toʻlovi toʻlovchisi hisoblanadi.

Yagona soliq toʻlovchisi boʻlgan mikrofirma atrof muxitni ifloslantiruvchi soligʻini toʻlovchisi hisoblanadimi? Bu toʻlov boʻyicha hisobotlar qayday joʻnatiladi?


Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchisi boʻlish yoki boʻlmaslik korxonaning amalga oshiradigan faoliyat turiga bogʻliq emas.

Ajratilgan yer maydoni (karyer)dan kerakli xom-ashyo mahsulotlari qazib olib klinets, shagal, qum mahsulotlarini ishlab chiqarishda soliq solish qanaqa tartibda amalga oshiriladi? Ushbu faoliyatni amalga oshirishda korxonamiz Soliq kodeksining 348-moddasiga asosan yagona soliq toʻlovini toʻlasa boʻladimi?


Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq toʻlovi tatbiq etilmaydi. Ular xodimlarning sonidan qat’i nazar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashi lozim.

Xususiy korxona hisoblangan soliqlarni toʻlagandan soʻng qolgan sof foyda hisobidan ta’sischiga toʻlangan dividend soliqqa tortiladimi?


Savolga javob berish uchun korxonaning tashkiliy – huquqiy shaklini aniqlash kerak.

Alkogoli mahsulotlarini sotish huquqini beruvchi yigʻim qanday toʻlanadi – alohida har bir savdo doʻkoni uchunmi yoki bir korxona boʻyichami?


Alkogoli mahsulotlarini sotish huquqini beruvchi yigʻim har bir savdo doʻkoni uchun alohida maxsus chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasiga muvofiq toʻlanadi.

Soliqlar toʻlanganidan soʻng 2014 yil yakunlari boʻyicha olingan foyda yagona muassisga berilsa, korxona dividend soligʻi toʻlovchisi hisoblanadimi?


Ha, hisoblanadi.