Javob beramiz

2020 yil karantini bilan bogʻliq savollar

COVID-19 kasalligiga chalingan xodimlarga qanday asosda 100%lik imtiyoz qoʻllaymiz?


Oʻz.R. Prezidentining 19.03.2020 yiladgi  PF-5969 sonli farmoni va  “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga” asosan toʻlanadi.

Tibbiyot xodimi ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tilda boʻlgan vaqtda karantinga olinsa yoki koronavirus bilan kasallansa, kasallik varaqasi toʻlanadimi?


Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kasallik varaqai asosida Nizomda va Prezident farmonida belgilangan miqdorlarda toʻlanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 martdagi 8k-8/484-sonli koʻrsatma xatiga asosan pandemiya davrida tibbiyot sohasida faoliyat koʻrsatib kelayotgan barcha tibbiy xodimlarga (vrach, kichik va oʻrta toifadagi hamshiralar) mehnat ta’tili berilmasligi va toʻxtatilishi qanchalik toʻgʻri? 07.07.2020 yilda muassasada 200 nafar vrachlarning mehnat ta’tiliga chiqish davri kelgan. Ular ta’tilga chiqishga haqlimi?


Tasdiqlanadigan jadvalga asosan ta’til har berilishi lozim. Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga koʻra xodimning roziligi bilan ta’tilning qismi boshqa yilga koʻchirilishi mumkin.   

Karantindan soʻng firma faoliyatini tiklagandan soʻng buyruq chiqarish zaruriyati


Ha, rahbar tomonidan korxona faoliyati toʻxtatib turilishi toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilganda, uning faoliyati tiklanganligi toʻgʻrisidagi buyruqni ham chiqarish lozim.

Karantin davrida xususiy mulk boʻyicha ijara toʻlovlarini toʻxtatib turish imkoniyati


Ijara toʻlovlarini ijaraga olinayogan binoning egasi bilan qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali toʻxtatib turish mumkin.

Yuzga taqiladigan niqoblarni bepul berishda QQS boʻyicha soliq oqibatlari


Yuzga taqiladigan niqoblarni bepul asosda berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan bepul berish deb qaraladi va tegishincha, qoʻshilgan  qiymat soligʻi solinadigan ob’yekt hisoblanmaydi

Xodim sanitariya-epidemiologiya xizmatining ma’lumotnomasini taqdim etgan taqdirda, unga karantinda boʻlgan vaqt uchun haq toʻlash zaruriyati


Karantin paytida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi taqdim etilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida toʻlanadi.

Sogʻliqni saqlash jamgʻarmasiga tibbiyot uskunalarini bepul foydalanishga berishda soliq oqibatlari


Tibbiyot uskunalarini bepul foydalanishga berishda ssuda shartnomasi rasmiylashtiriladi va qabul-qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha beriladi.

Oʻzbekiston Respublikaci hududida lokal (respublikamiz ichidagi) shartnomalar boʻyicha fors-major sertifikatini qaysi organ beradi?


Respublika ichidagi shartnomalar boʻyicha fors-major holatini tasdiqlovchi sertifikatni olish uchun Savdo-sanoat palatasiga murojaat etish zarur.

Xodimga ish joyida koronavirus yuqtirish ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa hisoblanadimi


Xodimning Covid-19 virusi bilan zararlanishi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa boʻlib hisoblanmaydi. 

Qanday qilib xodimni masofadan ishlashga oʻtkazish mumkin


Masofadan ishlashga oʻtkazishni ish beruvchining tashabbusi bilan amalga oshirish uchun, ham ish beruvchi, ham xodim masofadan ishlash rejimidan foydalanish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.

Fors-major holatida ish beruvchining xodimlar oldidagi majburiyatlari


Fors-major - yuridik konsepsiya, unga muvofiq shartnoma tarafi favqulodda va yengib boʻlmas kuch holatlari roʻy berganda uni bajarmaganlik uchun javobgarlikdan xalos boʻlishi mumkin

Ishlab chiqarish xodimlariga yoki karantin vaqtida hech qanday korxonamiz ishlari bilan band boʻlmagan xodimlarga ish haqi toʻlamaslikka haqqimiz bormi (ya’ni bu yerda xodimlar ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolayotgani yoʻq, karantin sababli bekor turib qolishmoqda)?


Ish beruvchining ayibi yoʻqligidan qat’i nazar xodimga bekor turib qolingan davr uchun uning oʻrtacha ish haqi toʻlanilishi lozim.