Javob beramiz
Mehnat sharoitlari
MChJga ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimiga xodim olsak boʻladimi, oʻquv yurti diplomi boʻlishi shartmi? Nomzod malakali va rahbarlarga ma’qul, lekin diplomi boʻlmaganligi sababli rahbarlik lavozimiga olishimiz qonunchilikka toʻgʻri keladimi?
Kasanachilar bilan ishlashda rasmiylashtiriladigan hujjatlar
Agar ushbu xodim xizmat safariga yuborilsa, xizmat safari xarajatlari to'lab beriladimi? Shtatlar jadvaliga asosan ishlaydigan xodim bilan fuqarolik shartnomasi asosida ishlaydigan xodimning huquq va majburiyatlari bir xilmi, ya'ni jamoa shartnomasi va ichki nizom tartiblariga bir xilda amal qiladimi?
Agar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma doirasida bajariladigan ish yoki xizmatlar boshqa hududda amalga oshirilishi kerak boʻlsa, bunday holat shartnoma matnida alohida belgilab oʻtilgani maqsadga muvofiq.
Oʻzbekistonda mehnat shartnomasi asosida boshqa tashkilotda ishlasa boʻladimi? Yangi qonun boʻyicha ishlash mumkin emas ekan, shu toʻgʻrimi?
Yangi Mehnat kodeksiga koʻra, bitta shaxs bir vaqtning oʻzida ikkita tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkin.
Korxona rahbari 2 yil muddatga chet davlatiga shaxsiy oilaviy sabablar bilan yashash uchun ketsa, hujjatlarni imzolash masalasi qanday amalga oshiriladi? Umuman korxona rahbari chet eldan turib korxonani boshqarishi mumkinmi? Rahbar tomonidan Elektron hujjat almashish saytlari orqali (didox) imzolangan hujjat yoki imzolab skanerlab yuborilgan hujjat haqiqiy deb hisoblanadimi?
Shu xodim B tashkilotda boshqa lavozimda (masalan, direktor yoki buxgalter) toʻliq stavkada ishlashi mumkinmi?
Ushbu holatda xodim bir vaqtning oʻzida ikkita tashkilotda toʻliq stavkada ishlashi mumkin emas.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkloti direktori vaqtincha yo'q bo'lgan yoki shu lavozim vakant turgan davrda shu vazifaning metodist tomonidan bajarilishi ushbu 3 ta shakldan qaysi biriga tushadi?
Vakant boʻyicha 1 xolat, vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning ishini bajarsa 3 xolat yuzaga keladi.
Yoki texnadzorni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma orqali ishga olsak boʻladimi, unda narxini belgilashda qaysi normativ hujjatga asoslanamiz, yoki texnadzor ya’ni jismoniy shaxs talab qilayotgan narxni qanday qonuniy asoslashimiz mumkin?
Byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan shtatga texnik nazorat boʻyicha mutaxassis lavozimi kiritilishi mumkin.
Direktor oyiga 2 kun ishlashga haqqi bormi? Tuman soliq inspeksiyasining yil boshidan har oyda toʻla ishlagandan YaIT ni qayta hisoblashni talab qilishi toʻgʻrimi? Ukajite, pojaluysta, pravilniy i meneye zatratniy sposob.
Ha, agar mehnat shartnomasi yoki korxonaning mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi ichki hujjatlar bilan nazarda tutilgan boʻlsa, direktor oyiga 2 kun ishlashga haqli.
Tashkilot rahbariyati talabaga oʻqishdan keyin sakkiz soatlik ish kunida ishlashga ijozat berishi mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, qaysi normativ hujjatlar asosida?
Ha, ish beruvchi talabaning oʻqish vaqtidan boʻsh paytda unga 8 soatlik ish kuni oʻrnatish toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirishi mumkin. Mehnat qonunchiligi talabalarga ish va kunduzgi oʻqishni birga olib borishni taqiqlamaydi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter